47
qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash jarayonida banklarning moliyaviy ko’magi katta
bo’lmoqda. Bank ham bu borada yetarlicha sarmoya yo’naltirib, ishlab chiqarish
jarayonining kengayishi, korxonalar faoliyatining yuksalishiga qo’shayotgan
hissasi yil sayin ortmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi “Davlat
investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ–2069-sonli
qaroriga muvofiq bank
zimmasiga Jahon banki Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasining “Sanoat
korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” bo’yicha 5,0 mln. AQSH
dollari miqdorida va XSRIK (IKRCHS) 13,0 mln AQSH dollari miqdorida
kredit liniyalarining jalb etilishi rejalashtirilgan. Joriy yilda “Asaka” bank
tomonidan Jahon banki Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasining 7,2 mln. AQSH
dollari miqdoridagi va XSRIKning 29,0 mln. AQSH dollari miqdorida
mablag’lari
jalb
qilingan.
Jahon
banki
Xalqaro
Rivojlanish
Assotsiatsiyasining 7,21
mln.
AQSH
dollari
miqdoridagi mablag’lari
o’zlashtirildi.
Lizing amaliyotlari bo’yicha.
2014 yilda 152 ta xo’jalik sub’ektlariga
ko’rsatilgan lizing xizmatlari natijasida 625 tadan ortiq yangi ish o’rinlari
yaratildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash uchun
mablag’lar ajratildi va bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 128,3
foizga ko’paydi.
Ishlab chiqarishni kengaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun
ajratilgan mikrokreditlar hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 132,9 foizni
tashkil etdi. Ayollar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlashga ajratilgan kredit
mablag’lari o’tgan yilning mos davriga nisbatan 134,1 foizni tashkil etdi.
O’zR Prezidentining PQ-308-sonli va PQ-842-sonli
qarorlarga asosan
qoramol sotib olishga ajratilgan mikrokreditlar hajmi o’tgan yilning shu davriga
nisbatan 130,1 foizni tashkil etdi;
48
O’zR Prezidentining PQ-1047-sonli qaroriga asosan oziq ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishga ajratilgan kreditlar o’tgan
yilning shu davriga
nisbatan 128,8 foizni tashkil etdi;
O’zR Prezidentining PQ-1050-sonli qaroriga asosan nooziq ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishga ajratilgan kreditlar o’tgan yilning shu davriga
nisbatan 142,6 foizni tashkil etdi;
Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan
kreditlar hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko’rsatkich 134,0 foizni
tashkil etdi, shuningdek, Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga kreditlar ajratildi.
Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 2014 yil davomida “Asaka” bank
tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan
kreditlar va moliyalashtirilgan loyihalar hisobiga 9 023 ta yangi ish o’rinlari
yaratildi.
Bank depozitlari bo’yicha.
2014 yil davomida bankning jami depozit bazasi (talab qilinguncha,
jamg’arma, muddatli, depozit va jamg’arma
depozit sertifikatlar va
obligatsiyalar) miqdori ortib bordi. Aholi omonatlari qoldiqlari o’tgan yilga
nisbatan 123% ko’paydi, shundan muddatli omonatlar o’tgan yilga nisbatan
133%ga ortdi.
Bank bo’yicha jami 93 ta omonat turi mavjud bo’lib, shundan 63 tasi milliy
valyutadagi va 30 tasi xorijiy valyutadagi omonatlar.
2014 yil davomida bank filiallari kassalariga kirim qilingan naqd pul
mablag’lari o’tgan yil bilan taqqoslaganda 111%ga ortgan.
Savdo va pullik xizmat orqali nakd puldagi tushum o’tgan yilga nisbatan
104% ga ortgan.
Plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlardan
tushgan tushum 134% ga ortgan.
Boshqa tushumlar (kommunal xizmatlar,
soliqlar, omonat, o’qish pullari)
o’tgan yilning mos davriga nisbatan 113%ga ortgan.
49
Plastik kartochkalar biznesini rivojlantirish bo’yicha.
Bank tomonidan 1mln. 323ming dona plastik kartochkalar muomalaga
chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 151 ming donaga ko’paygan.
2015 yilning 1 yanvar holatiga bank tomonidan 9951 ta terminal
o’rnatilgan, shundan savdo terminallari 9277 donani tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: