Toshkent moliya instituti mustaqil ish


Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi



Yüklə 18,11 Kb.
səhifə2/4
tarix16.02.2023
ölçüsü18,11 Kb.
#84535
1   2   3   4
Byudjet hisobi

2. Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:


  • o oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;

  • o kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;

  • o beg’araz kelib tushish;

  • o tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;

  • o asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash;

  • o qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.

Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:


  • etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;

  • asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yig’imlari (agar ular qoplanmasa);

  • asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;

  • asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha

  • xarajatlar;

  • asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;

  • asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;

  • aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita

  • bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.

Asosiy vositalar oldi sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olinganda, beg’araz olinganda yuk xati (schyot faktura yoki nakladnoy)ga asosan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan olinadi. Korxonada raxbar tomonidan tuzilgan asosiy vositalarni qabul qilish va hisobdan chiqarish bo’yicha doimiy faoliyat qiladigan komissiya tomonidan asosiy vositani balansga qabul qilish bo’yicha AV-1 shakldagi Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish to’g’risida dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, raxbar tomonidan tasdiqlanadi va tegishli bo’lgan texnik xujjatlar(pasport va boshqalar) ilova qilinadi.


Yüklə 18,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin