Toshkent moliya instituti o. Masharipnv Sh. Ilxomov


Budjet bilau hisob-kitoblar auditi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə52/83
tarix07.01.2024
ölçüsü2,42 Mb.
#205687
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
3IDUv9tTAkDtAUi7TQ0D

Budjet bilau hisob-kitoblar auditi

O‘zbekis1on Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq ko‘pchilik korxonalar budjetga umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig'imlar to'laydilar.
Soliqlar va boshqa to'lovlar bo'yicha budjet bilan hisob- kitoblami auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi - tek- shiriladigan xojalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo‘yicha qarzdorlikni aks ettirish qismida hamda soliqqa tortishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan bog'liq sezilarli holatlami aks ettirishdan iborat.
«Korxonada budjet bilan hisob-kitoblar auditining asosiy maqsadi soliq va yig‘imlaming harcha turlari bo‘yicha hisoblar to‘g‘ri tashkil etilishi, ular to‘liq va o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilishi, soliq to'lovlarining kechiktirish sabablari va boqi- mandalar qaysi schyotlarga o'tkazilganligi. mablag'lar o‘z vaqtida o'tkazilmaganligiga aybdor shaxslarga nisbatan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami oldini olish uchun qanday choralar ko'rilganligini aniqlashdan ihoratdir. Budjet hilan hisob- kitohlarni tekshirishda auditor xojalik yurituvchi subyektga soliq va yig‘imlar noto‘g‘ri hisoblanishi hamda ular o‘z vaqtida bud- jetga o‘tkazilmaganligi uchun soliq idoralari tomonidan ko'riladigan jarima va boshqa choralari bilan bog‘iiq bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni oldini olishga yordam berishi lozim.
Xojalik yurituvchi subyektlarning budjet bilan hisob-kitoh muomalalari bo'yicha tekshiruvining asosiy manhalari quyidagi- lar hisoblanadi:

  • to'lovlar va yig'imlarning alohida turlari bo'yicha ma’lumotnomalar va hisoblar;

tegishli summalar budjetga o'tkazilganligi to‘g‘risidagi dastlahki hujjatlar ilova qilingan bank ko‘chirmalari;

  • soliq idoralari tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlar bo'yicha dalolatnomalar;

  • buxgalteriya hisobi schyotlari bo‘yicha yozuvlar;

  • jurnal-orderlar va hisoh registrlarining boshqa turlari;

  • Bosh kitob. moliyaviy hisobot va boshqalar.

Budjet bilan olib boriladigan hisob - kitoblar auditor jiddiy e'tibor berishi lozim bo‘lgan murakkab obyekt hisoblanadi. Bi- rinchidan, budjetga to'lanadigan soliqlarning noto‘g‘ri hisoblan- ganligi va to'langanligi uchun korxonaga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sczilarli darajada ta'sir qiladi. Ikkinchidan, hisoh-kitoblarning to‘g‘rili- gini tasdiqlovchi auditorlik xulosalari soliq inspektsiyasi to- monidan qabul qilinishi ayrim hollarda shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. So'nggi holatda soliq organi taqdim qilingan auditorlik xulosasini qaytadan tekshirib chi- qishga haqlidir. Agar auditor xulosasi davlat budjeti manfaatlari- ga zid. amaldagi qonunchilikka va me'yoriy hujyallarga rioya qil- inmasdan, sifatsiz tuzilganligi aniqlansa, amaldagi qonunchilikka muvofiq sanksiyalar kuchga kiradi. Bunday hollarda auditorlik finnasi aditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga huquq beradigan litscnziyadan mahrum qilinishi mumkin. Soliqlar to'lanishini tekshirishdan oldin soliqqa tortiladigan obyekt bo'yicha ko'rsatkichlaming to‘g‘riligi, soliqqa tortiladigan baza va soliq stavkalariga rioya qilinishi tekshirilishi kerak»24.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulkchilikka asoslan- gan korxonalaming budjet bilan o'zaro munosabatlari kengay- moqda. Respublikamizning barcha hududlarida budjetga to'lanadigan to'lovlaming to‘g‘riligini aniqlaydigan va ulaming o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan qat'iy nazorat o'matadigan soliq xizmatlari tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida Davlat soliq qo‘- mitasiga, xususan, Respublika Soliq qo'mitasi hamda viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi soliq organlariga quyidagi huquqlar berilgan: foyda va boshqa soliqqa tortiladigan obyektlami ya- shirganiigi yoki kamaytirib ko‘rsatganligi uchun barcha yashir- gan yoki pasaytirilgan summalarni va shu summa miqdorida jarima undirish uchun korxonalarga nisbatan moliyaviy sanksi- yalar qo‘llash. Bunday xato ikkinchi marta takrorlanganida esa ikki baravar jarima solish, shuningdek, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlami hisoblash hamda to‘lash uchun za- rur bo‘lgan soliq deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlami taqdim qilmaganliklari, kechiktirilganligi, foydaning hisobga olinmaganligi yoki bu hisobning belgilangan tartibni buzib yuritilganligi uchun tegishli soliqlar va boshqa ma- jburiy to'lovlar summasidan foizi undiriladi. Bunda mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh barobaridan etti bar- obariga ma'muriy jarima solinadi.
Auditor budjet bilan hisob-kitoblami tekshirishda malakali maslahatchi va ushbu hisob-kitoblar to‘liq hamda o‘z vaqtida bo'lishi lozim. Budjet bilan hisob-kitoblarda korxona buxgalter- lari tomonidan yo‘l qo'yilgan xatolami ko‘rsatish bilan auditor ushbu korxonaga soliq inspektsiyasi tomonidan qo‘llaniladigan moliyaviy jazo choralari bilan bog'liq bo'lgan zararlardan qutilib olishga yordam beradi. Shuning uchun u budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblaming to‘g‘riligi va ulaming O‘zbekiston Respub- likasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq o‘z vaqtida o‘tkazib berilishini sinchiklab tekshirishi lozim.
Budjctga to'lanadigan to'lovlaming ro'yxati O'zbekiston Re- spublikasining soliq Kodeksi bilan, ayrim to‘lovlar bo'yicha bud- jet bilan hisob-kitoblami amalga oshirish tartibi esa Davlat soliq qo'mitasi va Moliya vazirligining tegishli yo'riqnomalari bilan tartibga soiinadi.
Soliqlar bo'yicha qarzlar yuridik shaxslarning budjet oldidagi majhuriyati bo'lib hisoblanadi va, odatda, ma'lum sanada to'lanadi. Soliq qonunchiligining tez-tez o'zgarishi va me'yoriy hujjatlar ayrim qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir hisob- kitoblarda tasodifiy xatolami keltirib chiqarishi mumkin. Soliq- lar bo‘yicha qarzlar sinchiklab tekshiruvdan o'tkazilganida quyi- dagi xatolar aniqlanishi mumkin:

  • soliqlami hisoh-kitoh qilishda huxgalteriya hisobi tamoyil- lari, qonun hujjatlari va yo'riqnomalaming noto‘g‘ri qo'lla- nilishi;

  • soliq stavkalarining noto'g'ri qo‘llanilishi;

  • soliqqa tortiladigan bazaning noto'g'ri aniqlanishi;

  • penya va jarimalaming noaniq hisohga olinishi;

Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baho- lashga quyidagilar ta'sir ko'rsatadi:

  • soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz olish uchun xato axborot- larni taqdim etish;

  • soliq organlariga taqdim qinadigan ma'lumotlaming buzib ko'rsatilishi yoki yashirilishi;

  • budjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod etilganlar sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni noto‘g‘ri turkumlash yoki hisob-kitob qilish;

  • soliqqa tortish bo'yicha imtiyoz olish uchun bosh va sho'ba korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitohlar bo‘yicha hisobda qalbaki muomalalami aks ettirish

Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini qo'llash, soliq solinadigan bazani aniqlash, soliqlami to'lash muddatlari, hisobotlarni tayyorlash va hokazo talablar aks ettiri- ladi.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin