Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali,
ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va tabiiy hususiyatlari bilan
aniqlanadi. Bunga mos ravishda raqamli innovatsion tizimning bir qancha
darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida,
regional – viloyatlar miqyosida va lokal – raqamli innovatsion iqtisodiyotni bir
tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal raqamli innovatsion tizim
o’z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o’rta biznes
firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati moliyaviy hizmatining
an’anaviy hamda yangi ko’rinishlarini, yangi raqamli texnologiyalar bozorini va
davlatning bevosita va bilvosita ko’magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab
chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o’z tarkibiga raqamli tizimning barcha
tashkil etuvchilarini, shu jumladan, ilmiy-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy
yo’nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning
mohiyati - asosan tashqi va ichki ta’asirotlarga bardoshli bo’lgan raqamli
innovatsion tizimning tashkiliy ko’rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil
qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin.
4
Dostları ilə paylaş: