Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
olib boradilar. Raqamli iqtisodiyot sohasida venchur biznesning alohida ahamiyati
quyidagilardan iborat:
Venchur biznes yangi innovatsion hayot tarziga moslashgan korxonalar hosil
bo’lishiga olib kelib, an’anaviy ilmiy izlanishlar tizimiga ta’sir qiladi va
mamlakatning ishlab chiqarish jarayonidagi zamonaviy ijobiy o’zgarishlarga
olib keladi;
Yuqori malakali mutahassislar, injener-texnik xodimlar va olimlarning
bandligini ta’minlab, ularga bo’lgan talabni oshiradi;
Iqtisodiyot an’anaviy tarmoqlarining texnik va texnologik jihatdan qaytadan
jihozlanishiga erishish imkonini beradi;
Yirik korxona, tashkilot va korporatsiyalarga o’z
tuzilishini, faoliyat
yo’nalishini va maqsadlarini zamona talablariga mos ravishda o’zgartirishga
namuna sifatida hizmat qiladi;
Venchur biznesning turli hil mamlakatlardagi ko’p yillik tajribasidan shu
ma’lum bo’ladiki, mamlakatimizning uzoq muddatli maqsadlarini amalga
oshirish uchun venchur kapital asosida faoliyat ko’rsatadigan maxsus moliya-
kredit tizimini yaratish zarur (
masalan, venchur biznes korxonalari uchun
banklar tomonidan foizsiz, ammo foydaga sherik bo’linadigan kreditlar
berilishini yo’lga qo’yish
).
Raqamli iqtisodiyot sohasidagi venchur firmalar bir qancha huquqiy va
jismoniy shaxslar orasidagi shartnoma asosida yoki bank kreditlari asosida, yohud
banklar va yirik kompaniyalarning mablag’lari asosida tashkil qilinadi. Venchur
firmalar tashkil qilish uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak:
Innovatsion yangilik yaratishning asoslangan g’oyasi – yangi texnologiya,
ixtiro, ishlab chiqarish jarayoni, hizmat ko’rsatish, dastur tuzish, internet
resursi yaratish, 3D-texnologia, intellectual tizim tashkil qilish va shunga
o’zshashlar;
Bu g’oyaning amalga oshirilishiga jahon, mamlakat, xudud yoki korxona
miqyosida jamiyatning talabgorligi;
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Ushbu g’oya amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot
yoki ko’rsatiladigan hizmatlarga ichki va tashqi bozorlarda talab mavjudligi;
Bu g’oya asosida tavakkalchilik bilan yangi firma tashkil qilib, uni boshqara
oladigan real tadbirkorning mavjudligi;
Ushbu venchur firmani moliyalashtirish uchun kerakli miqdordagi
“tavakkalchi” kapitalni topish mumkinligi.
Investitsiyalarning boshqa turlaridan farqli o’laroq, venchur biznesga
moliyaviy mablag’ investitsiya qilish quyidagi hususiyatlarga ega:
Venchur biznesga moliyaviy mablag’lar kafolatsiz hamda moddiy ta’minotsiz
jalab qilingani uchun investorlar katta tavakkalchilikka duch keladilar, chunki
muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ular juda katta mablag’larni
yo’qotishlari mumkin. Ammo bunday tavakkalchilikka tayyor bo’lish
tadbirkorlarning venchur biznes muvaffaqiyatiga astoydil ishonishlari va
ularning o’zlari yakka holda bu ishni amalga oshira olmasliklari bilan
tushuntiriladi;
Investorning venchur firma ta’sis (ustav) kapitalida majburiy 50% dan
oshmagan bevosita yoki bilvosita ulushga ega bo’lishi. Ya’ni tavakkal kapitali
firmaning ustav kapitaliga ulush kiritish tariqasida ishtirok etib, bu moliyaviy
mablag’lar ajratilishiga alohida ta’sir ko’rsatidi. O’z navbatida investorlar
moliyalashtirilgan firmaning foydasidan o’z ulushlarini olish huquqiga ham ega
bo’ladilar;
Mablag’lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi
hollarda mablag’larining samaradorligini bilish va tegishli daromad olish
uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to’g’ri keladi;
Investorning moliyalashtirilgan venchur firmani boshqarishda faol ishtiroki
talab qilinadi, chunki investorlar venchur firmaning muvaffaqiyatiga shaxsan
qiziqadilar va shuning uchun mablag’ berish bilangina kifoya qilmaydilar.
Venchur firmalar ikki xil tashkiliy ko’rinishlarda faoliyat ko’rsatishlari
mumkin. Bulardan biri mustaqil venchur firmalar bo’lsa,
ikkinchisi yirik
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki
hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi:
birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy
kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning
asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni
kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda
ulardan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan
tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi
lozim. Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni
amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda
biznesning imkoniyatlarini
birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan eng muhim uskunalardan biri
texnologik platformalardir.
Dostları ilə paylaş: