Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
zararning maksimal miqdori foizi xam shartnomada ko’rsatilib o’tiladi. Zarar
miqdori shundan oshib ketsa, treyder o’z faoliyatini to’xtatadi. Shunday qilib, eng
boshdanoq treyder biroz noqulay xolatga tushib qoladi. Chunki agar foyda olinsa, u
foydani treyder bilan birgalikda bo’lishadi, ammo agarda zararga duch kelinsa,
treyder buning uchun javobgar bo’lmaydi. Shuning uchun ishonch vositasida
boshqaruvchda investor uchun eng yomon xolat – o’z pulining ma’lum bir qismini
yo’qotish, treyder uchun eng yomon xolat esa – o’z ishi uchun pul ola-olmaslikdir.
FOREKS da ishlashda firibgarlik sxemasi quyidagicha bo’lishi mumkin: Firibgar
bir qancha investorlarni topadi va ularning pullarini boshqarish uchun qabul qiladi.
U biror bir investorning hisobraqamida boshqalar uchun savdo olib boradi va ular
bilan ishlangan pulni bo’lishadi. Qolgan investorlar esa bunday qilinayotganini
bilmaydilar xam. Zarar miqdori shartnomada kelishilgan kattalikka yetganida
ushbu hisobraqami bilan ish tugatiladi. Foyda olingan hisobraqamidagi mablag’dan
esa treyder o’ziga tegishli foyda bo’lagini bemalol olaveradi.
Dostları ilə paylaş: