Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
2.
Platforma sifatidagi xizmat (Platform as a Service – PaaS)
-
foydalanuvchiga ilovalarni xizmatlar to‘plami sifatida (
yaratilgan yoki sotib
olingan
) taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish bulutli modelidir. Xususan, bu platforma
xizmatlar sifatida oraliq dasturiy ta’minot,
xabarlar almashish, integratsiya,
axborotlar saqlash, aloqa va shu kabi boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan,
xizmat sifatida ish joyi (
Workplace as a Service – WaaS
), ma’lumotlar (
Data as a
Service – DaaS
), xavfsizlik (
Security as a Service – SaaS
) kabilar taqdim etilishi
mumkin.
Afzalliklari
. Yangi versiyalarini foydalanuvchiga sezilarsiz va osonlik bilan
yetkazish. Odatda bu foydalanuvchining bulutda dasturiy ta’minot o‘zgarganligini
katta uzgarishlarsiz his etishi yoki ideal ma’noda mutlaq his etmasligini bildiradi.
Kamchiliklari
. Avvalgi xizmat modelida bo‘lgani kabi, markazlashtirish ishonchli
xavfsizlik
choralarini talab etadi
. IBM Smart Cloud Application Services,
Amazon Web Services, Windows Azure, Boomi, Cast Iron, Google App Engine
kabilarni bu turdagi platforma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin.
3.
Dasturlar sifatidagi xizmat (Software as a Service – SaaS)
kerakli dasturlar
yetkazib berish qandaydir
xizmat sifatida tushuniladi, ya’ni, provayderning
ilovalari bulutda ishga tushiriladi va foydalanuvchining talablariga ko‘ra xizmat
kursatish sifati ta’minlanadi. Iste’molchi bulutning
bazaviy infratuzilmasi, shu
jumladan tarmoq, serverlar, operatsion tizimlarni boshqarmaydi. Oxirgi
foydalanuvchiga faqat kirish parametrlari (
login, parol va shu kabilar
) xavfsizligi
va provayderning ilovalarni xavfsiz sozlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini
bajarish
mas’uliyati yuklanadi, xolos. Ilovalar xizmati xam Internetda ko‘p ishlaydigan
foydalanuvchilar uchun juda yaxshi tanish. Bu turdagi
ilovalarning eng keng
tarqalgan namunasi -
Dostları ilə paylaş: