Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
texnologik qoloqlik sharoitlarida sanoatning raqamli o‘zgarishi tez ro‘y berishiga
ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, bir qancha shubha-gumonlar
mavjud.Raqamli platformalarning rivojlanishga yorqin misollardan biri sifatida
Alibaba
elektron savdo tizimiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o‘tish
mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar to‘plash
jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli
ustunliklar yaratadi.
Alibaba
bu –oddiygina raqamli platforma emas, balki
platformalar ekotizimidir.
Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida
platformalar kuchidan katta bo‘ladi. Xatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada
yutqazmoqda, chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga to‘g‘ri
keladi, Xitoyda esa bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir
platformadan boshqa platformaga qarab o’tish asta-sekinlik bilan ro‘y
berdi.Raqamli iqtisodiyotga o‘tish kabi global bir ishda ko‘p narsa davlatning
tutgan pozitsiyasiga ham bog‘liq, albatta. Barchasi hamma narsani birlashtiradigan
va «raqam»ga o‘tkazadigan yagona davlat platformasiga borib taqalmasligi
muhim,ya’ni, «
Davlatning vazifasi, biznesning o‘rniga biron bir narsa qilish emas,
balki oddiygina - biznesga halal bermaslikdir
».Xitoyda ham
Alibaba
tizimi davlat
uning uchun qandaydir platforma yaratgani tufayli paydo bo‘lmagan. U bunday
platforma paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratdi, xolos. Garchi davlat
Alibaba
ga
yordam beragan bo‘lsada, buni davlat korporatsiyasisifatida emas,
balki tijorat
korxonasi sifatida yordam berdi va uning hizmatlaridan u raqobatbardosh ekanligi
uchungina foydalaniladi.Davlatning vazifasi–umumiy qoidalar yaratish, biznes esa
shu umumiy qoidalar asosida o‘zgara va rivojlana boshlaydi, chunki qonunlar
ta’sirida ishbilarmonlik muhiti o‘zgaradi va raqobat o‘sadi. Jiddiy kumulyativ
samarayangi umumiy platforma yaratish tufayli emas, balki har biri o‘z ishi bilan
shug‘ullanadigan ko‘plab mustaqil tashkilotlar va mahsulotlar yig‘indisi bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan infratuzilma paydo bo‘lishi tufayli vujudga kelishi
mumkin. Lekin bunda kerakli standartlar va protokollarni eng yuqori sifat
darajasida ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, ushbu
holat – davlatni uning maqsadlari bilan do‘stlashtirib qo‘yadigan qadam, ya’ni o‘z
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
natijalaridan iqtisodiyot ehtiyojlarini belgilab berishi mumkin bo‘lgan fandan
manfaatdor bo‘lgan biznes. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot davlat,
biznes va fanni birlashtirishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotda boshqa xalqaro
tizimlar va amaliy mexanizmlar bilan birga bo‘la olishga erishish uchun «umumiy
darcha» mexanizmidagi ma’lumotlar modellari va hujjatlar xalqaro standartlari va
tavsiyalari asosida tashkil qilinishi lozim. Uyg‘unlashtirish lozim bo‘lgan xabarlar
va hujjatlar boshlang‘ich ro‘yxati ma’lumotlarini qamrab oladigan ma’lumotlar
ro‘yxatini tuzishda, shuningdek,milliy ma’lumotlar modelini shakllantirishda
ularni xalqaro standartlar talablariga muvofiq tavsiflash va belgilash zarur.
Raqamli iqtisodiyotning bir qismi bo’lgan elektron tijoratning O‘zbekistonda
rivojlanishini shartli ravishda ikki davrga ajratish mumkin: 2015 yilgacha bo‘lgan
va undan keyingi davr. 2015 yilgacha bizning mamlakatda normativ-huquqiy baza
ishlab chiqish va tayyorlash bo‘yicha faol ishlar olib borilgan edi.2015 yildaesa
O‘zbekiston Respublikasida 2015-2018 yillarda mo’ljallangan elektron tijoratni
rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi, va uo‘rta muddatli
istiqbolda elektron
tijoratni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, raqobatli muhitni kengaytirishni,
zamonaviy infratuzilmani tashkil qilishni va qo‘shimcha ish o’rinlari yaratishni,
shuningdek, elektron tijorat haqidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish
shakllarini va yo‘llarini belgilab berdi.Biroq, bugungi kunga kelib,konsepsiyada
aks ettirilgan chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmaganligi haqida gapirish
mumkin. Masalan, normativ–huquqiy bazada elektron tijoratni rivojlantirishga
qaratilgan qator qarorlar qabul qilinmagan. Xususan, elektron tijoratda elektron
xabarlar yoki elektron hujjatlar ommaviy jo‘natmalari, reklamani joylashtirish
tartibi tasdiqlanmagan. Shu bilan bir paytda, 2018 yil 14 mayda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «
Elektron tijoratni jadal rivojlantirish
bo‘yicha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida
»gi
Qarorni
imzoladi.
Ushbu
hujjatdaO‘zbekistonda elektron tijoratni takomillashtirishga
qaratilgan bir qator
tadbirlar aks ettirilgan. Ammo, umuman olganda, aytish mumkinki, O‘zbekiston
ushbu yo‘nalishda, juda tezkor rivojlanadigan tarmoqda yo‘l qo‘yish mumkin
bo‘lmagan darajada sekin va cho‘zib harakatlanmoqda. Ta’kidlash joizki, bugungi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun telegram
botlaridan faol foydalanmoqdalar. O‘zbekistonlik iste’molchilar, shuningdek,
internet tarmog‘i yoki telefoniya hizmatlari uchun mobil ilovalar vositasida faol
pul to‘lashmoqda. Bu esa O‘zbekiston aholisi elektron bitimlarni amalga
oshirishga ishonishidan dalolat beradi, faqat hozirgi
kungacha foydalanuvchilar
katta harajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirgan holda o‘rtacha
xarid hajmini oshirishga unchalik tayyor emaslar. O‘zbekistonda elektron bitimlar
foydalanuvchisining o‘rtacha hajmi 50 mingdan 200 ming so‘mgachani tashkil
qiladi.O‘zbek iste’molchisi elektron bitim amalga oshirishda uyali aloqa
telefonidan foydalanadi, chunki u birmuncha qulayroq bo‘lib, bir qator qulay
ilovalarga ham ega. Mahsulot tanlashga keladigan bo‘lsak, ko‘pchilik
respondentlar Internet orqali kiyim-bosh, shuningdek, maishiy texnikava
elektronika xarid qilishni afzal ko‘rishgan. Avtomobil va ko‘chmas mulk
predmetlari internet orqali eng kam xarid qilinadigan tovarlar bo‘lgan. Buni shu
bilan
izohlash mumkinki, ayni paytda foydalanuvchi «onlayn» rejimida yirik
miqdordagi pullarni berishga hali tayyor emas.Bundan tashqari, foydalanuvchilar
Dostları ilə paylaş: