Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


-BOB. RAQAMLI ELEKTRON TIJORAT VA 4.0 INDUSTRIYANING



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə360/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

14-BOB. RAQAMLI ELEKTRON TIJORAT VA 4.0 INDUSTRIYANING 
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI 
14.1. Elektron tijoratda mobil internet va mobil savdo jarayoni 
Hozirgi zamonda ko’pchilik yangi bozorlarning hosil bo’lishini, biznes-
modellarning transformatsiyasini va yangi mahsulot hamda xizmatlar yaratilishini 
ko’rib va kuzatib turibdi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning eng asosiy 
ko’rsatgichlariga ishlab chiqarishning yangi turlariga (
peer-to-peer production
), 
ommaviy hamkorlik (
mass coollaboration
), intellektual mulkka ommaviy egalik 
(
public property
), taqsimlangan iste’mol modellar (
sharing economy
) ochiq mejnat 
bozori (
free lancing
) kabilar kiradi. Onlien retailing Europe ma’lumotlariga ko’ra 
hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda chakana savdoning umumiy hajmida 
elektron tijoratning ulushi o‘rtacha 9,7% ni tashkil qiladi va bu ulush yil sayin ortib 
bormoqda (
Euromonitor, BCG tahlil ma’lumotlari
). Masalan, Rossiyada raqamli 
iqtisofiyot bozori (
internet savdo, internet servislar, kontent, elektron to’lovlar



Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
YMD
ning 2,2% ni tashkil qiladi, internetga bog‘liq bozorlar esa 
YMD
ning 16% 
ni tashkil qiladi (
Rossiyadagi internet servislar va kontentlar iqtisodi, RAEK, NIU 
BSHE, Ekonomika Runeta RF, c.5
) va bu bozorlar salmog’i yil sayin o’rtib 
bormoqda. Bunga sabablar orasida to’rtinchi sanoat inqilobini, 
4.0 Industriya
texnologiyalarini, ommaviy robotizatsiyani, virtual va qo’shimcha reallik 
texnologik platformalarini, 
3D
-printerlar kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. 4.0 
Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida paydo bo’ldi va u qiymat 
hosil qilinishining global zanjiridagi tub o’zgarishlarni aniqlab bergan edi. Bunday 
industriya ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo’layotgan munosabatlarning 
majmui bo’lib, raqamli texnologiyalarning biznesning va mamlakatning 
raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilishi bilan bog’liqdir. O’zbekitonda 4.0 
Industriya atamasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha 
tarmoqlarning raqamli transformatsiyasini anglatadi deyishimiz ham mumkin. 
Agarda bu atamani tizimlar nazaruyasi tilida ifodalasak, uni quyis=dagicha 
ta’riflash mumkin: 
4.0 Industriya
ishlab chiqarish zanjirlaridan tashkil qilingan 
tizim bo’lib, uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida online texnologiyalar (
insonlar, 
mashinalar, bulutlar va data-markazlar
) vositasida yaratilgan tizim elementlari 
orasida raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladi. Ushbu 
industriyadagi innovatsion texnologiyalarga big data, mobil texnologiyalar, sun’iy 
intellekt, neyron texnologiyalari, kvant texnologiyalari, taqsimlangan reestr 
texnologiyalari, ishlab chiqarish interneti (

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin