Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
4.0-Industriya
biznesning
va
mamlakatning
global
miqyosdagi
raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqaruvda raqamli
texnologiyalar texnik va dasturiy ta’minotlari vositasida tub o’zgarishlarni amalga
oshirishdir. Demak,
4.0-Industriya
o’zaro bog’liq bo’lgan
ishlab chiqarish va
boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi
zanjirlararo (
insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo
)
raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir.
Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy
sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bu mamlakatning
global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada
oshiradi,
yangi ish joylarini yaratadi, iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy
mustaqillikni ta’minlab beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga izchil tadbiq
qilish quyidagilarga erishishga imkon beradi:
Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni
yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi;
Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan,
tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari,
texnik va dasturiy
ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;
Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini
ta’minlaydi;
Mamlakatdagi
turli-tuman
kompaniyalarning,
firmalarning,
davlat
korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga
puxta asos yaratadi;
Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan tashkilotlar hosil
bo’lishiga olib keladi va boshqalar.
Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini
amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak:
O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;
Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari
va infratuzilmasini
yaratish;