Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Korporativ boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiya
blokcheyn bo’lib, u nafaqat virtual pullar bo’yicha operatsiyalarni
amalga oshira
oladi, balki u yangi turdagi biznesning arxitekturasi ham bo’la oladi. Raqamli
iqtisodiyotning kelajakda rivojlanishida ushbu progressiv texnologiya dunyo
miqyosida yanada ommabop bo’lib ketishi kutilmoqda. Bulutli texnologiyalar ham
kelajak korporativ va moliyaviy boshqaruv uchun
alohida ahamiyatga molik
bo’lib, virtual iqtisodiyot uchun yangidan-yangi va kutilmagan imkoniyatlar
yaratmoqda.
Ma’lumotlarni
bulutli
uslubiyatda
saqlash
va
on-line
texnologiyalardan foydalanish ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash hamda
operatsion harajatlarni keskin qisqartirishga shart-sharoitlar yaratmoqda. Masalan,
hozirgi kunda
Amazon
bulutida 10 mingta serverni ijaraga olish
soatiga tahminan
90 dollarga tushmoqda. Bu esa ushbu turdagi hizmatlarning narxini yanada
pasayishini bashorat qilishga va respublikamizda ham bunday texnologiyalarda
keng miqyosda imkon beradi hamda keyinchalik bu
texnologiyalardan kichik va
o’rta biznes ham bemalol foydalana oladi.
Dostları ilə paylaş: