8.3. Konyunkturani shakllantiruvchi omillar.
Konyunktura deganda ma’lum omillarning ta’siri natijasida vujudga
keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi
konyunkturaning o’zgarishiga olib keladi. Bozordagi har qanday vaziyat turli
omillar ta’siri ostida o’zgaradigan ko’rsatkichlar yig’indisi bilan tavsiflanadi.Bozor
iqtisodiyoti sharoitida tashqiva ichki omillarning ta’siri ostida firmalar
faoliyatidagi tendensiyani aniqlash, ya’ni uning kelajakdagi rivojlanishi va
bozordagi holatini aniqlash marketing tadbirlarining muhim vazifalaridan
hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyoti konyunkturasida ro’y beradigan barcha o’zgarishlar
manbai bo’lib, ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Iqtisodiyotda sanoatning
ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, uning ko’rsatkichlarining ahamiyati shunchalik
yuqori bo’ladi. Mamlakat iqtisodiy doirasida konyunkturani tahlil qilish quyidagi
ko’rsatkichlarga asoslanadi: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi milliy mahsulot,
yalpi milliy daromad, qishloq xo’jaligi, investitsiya, transport, tovar muomalasi
ko’rsatkichlari, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul muomalalari
kapital aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik va inflyatsiya darajalari.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho,
talabning qondirilishi darajasi, tovar ishlab chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va
boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko’rsatkichlarning umumiylik tomoni shundaki, ular
bir-biri bilan bog’liq va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchi bosqichga
o’tganda ularda o’zgarish ro’y beradi. Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol,
davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi, tovar va xizmatlarni eksport va import
qilish ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblashda
noaniqliklar ro’y bersa ham oxirgi talab hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti
holatini baholashda muhim o’rinni egalaydi. Tashqi savdo ko’rsatkichlari ichki
bozor konyunkturasining shakllanishida o’ziga xos o’ringa ega. Bozor
152
konyunkturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Shuning
uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yo’l bilan olib borilishi mumkin:
1. Agar konyunkturaning o’zgarish darajasi va tendensiyalarini bilish
ko’zlansa, u holda, uning belgilangan davrdagi dinamikasi o’rganiladi;
2. Agar konyunkturaning ma’lum muddatga bo’lgan ahvolini bilish zarur
bo’lsa, unda tovarning bozordagi «hayotiy yo’li» o’rganiladi, aniq bosqichi
belgilanadi va tahlil qilinadi.
Har doim iqtisodiy konyunktura (umumxo’jalik yoki tovar holati) bozordagi
raqobat va baholar dinamikasi shart-sharoitlari ta’sirida shakllanayotgan talab va
taklif) munosabatlariga bog’liq bo’ladi.
Marketing tizimi subektlarining rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishda,
narx-navoning o’zgarishini aniqlashda, yangi mahsulotlar, texnologiyalarni
yaratishda, bozor konyunkturasi va iste’molchilarhatti- harakatining turli omillarga
bog’liqligini o’rganishda turli istiqbolni belgilash usullari qo’llaniladi. Shuni
e’tiborga olish lozimki, konyunktura tahlili va prognozida uning o’ziga emas, balki
konyunkturaga ta’sir qiluvchi omillarga ko’proq ahamiyat beriladi. Shu sababli,
bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi,
har qanday bozor konyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo’lish
mumkin:
1. Makroiqtisodiy omillar;
2. Mikroiqtisodiy omillar, ya’ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va
raqobat omillari.
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda
rivojlana olmaydi. Shu sababli, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida
tutgan o’rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo’llanilmoqda degan savollarga
javob topish lozim bo’ladi.
Yuqorida sanab o’tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozordagi talab,
taklif, narx va raqobat kiradi.
Bozor konyunkturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o’rganishga alohida
e’tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, assortimentning
153
kengligi va chuqurligi bo’yicha taqsimlanishi, iste’mol intensivligi, hajmi va
boshqa xususiyatlarni o’rganish zarur bo’ladi. Talabni o’rganishda diqqat avvalo
qondirilgan talab, so’ng qondirilmagan talabga jalb qilinadi. Tovar aylanish
tarkibini tovar guruhlari va alohida turlari bo’yicha tahlil qilish orqali qondirilgan
talab o’rganiladi, qondirilmagan talab esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini
o’rganish usullari yordamida aniqlanadi.
Konyunkturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir. Taklifni
o’rganishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan tovar hajmi va
tarkibiga, tovar zahiralariga e’tibor beriladi. Tovar manbalarini tahlil qilish savdo
tizimiga mahsulot etkazib beruvchi korxonalar ro’yhatini tuzish va ularning
imkoniyatlarini o’rganishdan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning assortimenti, etkazib berish muddatlari va
taklifning tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan so’ng bozor
ishtirokchilaridagi tovar zahiralari tahlil qilinadi. Zahiraning hajmi va tarkibi,
qachon vujudga kelganligi, zahiraning almashib borish dinamikasi va boshqa
ko’rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniqlashga xizmat qiladi. Savdo
tashkilotlarida yuritiladigan hisob tizimining ma’lumotlari, inventarizatsiya
natijalari va maxsus izlanishlar tovar zahiralirini kompleks o’rganishga asos
bo’ladi.
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. Tovar
bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishda avvalo korxonalar raqobati, so’ng tovarlar va
ehtiyojlar raqobati o’rganiladi. Korxonalar raqobatining tahlili sotuvchilar soni,
ixtisoslashuvi, mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish hajmi, yo’naltirilgan
maqsadli segmenti va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga
sarflangan qo’shimcha resurslar va ularning qaytim miqdori muddatlari, tovar
zahiralari dinamikasi, eksport-import, shuningdek narx-navodagi o’zgarishlar
tendensiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bunda tovarlar taklifi, investitsiya miqdori
va tarkibiga, mehnat predmetiga bo’lgan talab, korxona, tashkilotlar pul sarfining
yo’nalishi, aholi xarid qobiliyati, uni tovarlar bilan ta’minlanish darajasi
154
o’rganiladi. Bozor konyunkturasi ehtimollari ayrim tovarlarga milliy, regional va
jahon bozorlariganisbatan aniqlanadi. Bozor konyunkturasi oldindan ko’ra bilish,
iqtisodiy tanglikka yo’liqmaslik, bozor muvozanatini ta’minlab borish sharti
hisoblanadi. Ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatlarni
ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoitlar majmui bozor konyunkturasini bildiradi. U
aniq iqtisodiy ko’rsatkichlar talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor
hajmi va boshqalar bilan ifodalanadi. Bozor konyunkturasi mamlakat iqtisodiy
holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Dunyo bozorida iste’mol mollari konyunkturasi
har 9 oyda o’zgarib turadi.
Narxlarning bozor konyunkturasidagi o’rni va ularning shakllanish
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e’tibor beriladi. Narxlarni
o’rganishda quyidagilar tahlil obekti sifatida olinadi: narxlarning barqarorligi,
tovar assortimenti doirasida narxlarning o’zgarish darajasi, sotuvchi tomonidan
narxlar bo’yicha o’zgaruvchan tizimlarni qo’llash, mavsumiy narxlarning
qo’llanishi va boshqalar. Narx bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab
omil hisoblanadi. Uning o’ziga ham bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi. Shu
sababli narx tahlilida nafaqat hujjatlarni tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham
keng qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |