Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/80
tarix10.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#110356
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
biznesni tadqiq etish usullari (2)

Tayanch tushunchalar 
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar 
(shartnomalar) yordamida shu tovarni oldi-sotdi qilish bo’yicha munosabatda 
bo’lishidir. 
Iste’mol bozori - bu tovarlarni va xizmatlarni o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun 
sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuidan iborat bo’lib, ommaviy 
iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va markazlashmagan strukturaga 
ega ekanligi bilan xarakterlanadi. 
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar 
bozori deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan tovarlar va 
xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxslarning majmui tushuniladi. 
Davlat tashkilotlari bozori deganda esa o’z faoliyatlarini yuritish uchun 
tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo’g’indagi 
davlat tashkilotlari tushuniladi. 


160 
Ehtiyoj – inson tomonidan biror bir narsani etishmovchiligini his etish 
tuyg’usidir. 
Zarurat – insonning ijtimoiy – iqtisodiy kelib chiqishi, madaniy, milliy, 
estetik, geografik joydashuvi va boshqa omillarning ta’siri asosida shakllanuvchi 
xohishidir. Xohish cheksiz bo’lishi mumkin, lekin bu xohishni qondirish uchun pul 
mablag’lari zarur. Shuning uchun inson o’zi uchun eng muhim bo’lgan xohishini 
qondirishga intiladi. 
Talab – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo’lgan ehtiyojini 
pul bilan ta’minlab qondirilishidir. 
Xarid – bozordama’lum tovar yoki xizmatni sotibolishjarayonidir. Bu 
jarayonda ayirboshlash vabitim operatsiyalari amalga oshiriladi. 
Bitim – ikki tomon o’rtasida ular uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatni 
sotish va sotib olish operatsiyasidir. 
Ayirboshlash – ikki tomono’rtasida ularuchun kerak bo’lgan narsani 
ikkinchitomonga boshqa bir narsani taklif etib savdo operatsiyasini o’tkazishga 
aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 tonna kartoshkani ayirboshlash. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin