Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Majlis bayonining asosiy zarur qismlari



Yüklə 99,58 Kb.
səhifə4/4
tarix17.04.2023
ölçüsü99,58 Kb.
#99382
1   2   3   4
Majlis bayonining asosiy zarur qismlari:

  1. Muassasa nomi.

  2. Sarlavxa (bamaslahat ish quruvchi organ yoki yig’ilishning nomi).

  3. Hujjatning nomi (majlis bayoni).

  4. Yig’ilish sanasi.

  5. Shartli raqami.

  6. Yig’ilish joyi.

  7. Tasdiqlash ustxati (agar majlis bayoni tasdiqlanishi zarur bo’lsa).

  8. Yig’ilish raisi va kotibning familiyasi.

  9. Matn:

    1. qatnashuvchilar ro’yxati yoki soni;

    2. kun tartibi;

    3. eshitildi;

    4. so’zga chiqdilar;

    5. qaror qilindi.

  10. Ilovalar (agar ular mavjud bo’lsa).

  11. Imzolar.

Majlis bayonini tuzishda ularning huquqiy jihatdan to’laqonligini ta’minlash kerak. Buning uchun malis bayonida barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo’lishi, ular to’g’ri rasmiylashtirilishi lozim.
Doimiy maslahat organi yig’ilishining majlis bayonida yig’ilishda ishtirok etuvchilar soni ko’rsatilishi juda muhimdir, chunki bu siyosiy va huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul qilish va uning qonuniy bo’lishi uchun ishtirokchilarning nizom bo’yicha yetarli ekanligi(kvorum) asosiy hisoblanadi.
Ma’muriy idoralarda majlis bayoni umumiy yoki masus bosma ish qog’ozlarida rasmiylashtiriladi. Majlis bayoni bir necha saxifadan iborat bo’lsa, faqat birinchi saxifa bosma ish qog’ozida, qolgan betlari esa oddiy qog’ozda yoziladi.
Yig’ilish o’tkazilgan kun majlis bayonining sanasi hisoblanadi. Muntazam ish ko’ruvchi organlar majlis bayonining raqami taqvum yili bo’yicha izchil davom etadi.
Majlis bayonida qatnashchilar ro’yxati berilganda doimiy a’zolar va taklif etilganlar familiyasi alohida –alohida tartibda qayd etiladi. Taklif etilganlar soni 15 kishidan oshmasa, ularning familiyasini, qavs ichida esa ish joyini ko’rsatish kerak.
Kengaytirilgan majlislarda ishtirok etuvchilarning soni ko’rsatiladi va qatnashuvchilarning ro’yxati majlis bayoniga ilova qilinadi.
Majlis bayoni kirish va asosiy qismdan iborat bo’lib, kirish qismi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so’ng ikki nusxa qo’yilib, ko’riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi. Ular qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ularning o’zaro tartibi masalaning dolzarbligi va muhimligiga qarab belgilanadi. Majlis bayonida kun tartibini bosh kelishikda ifodalash kerak.
Kun tartibidagi masalalarni bayon qilishda ma’ruzachining ismi, familiyasi, lavozimi alohida jumla bilan yozish maqsadga muvofiqdir.
Ba’zan kun tartibining oxirgi qismida “Turli masalalar” sarlavxasi bilan alohida qism beriladi – ki, bu maqsadga muvofiq emas, chunki kun tartibidagi xar bir masala aniq va ravshan bo’lishi lozim.
Matnning asosiy qismi kun tartibi masalalariga muvofiq joylashadi. Har bir bo’lim uch qismdan iborat bo’ladi: ESHITILDI, SO’ZGA CHIQDILAR, QAROR QILINDI. Bu so’zlar bosh (katta) harflar bilan yoziladi. “ESHITILDI” so’zidan oldin kun tartibidagi masalalarning raqami qo’yiladi, so’zidan keyin esa ikki nuqta qo’yilib, yangi satrdan ma’ruzachining ismi, familiyasi bosh kelishikda yoziladi. Familiyadan so’ng chiziqqa (tire) qo’yilib, ma’ruza yoki xabarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar ma’ruza matni tayyor xolda bo’lsa, tiredan keyin - “Matn ilova qilinadi” deb yozib qo’yiladi. “SO’ZGA CHIQDILAR” birikmasi ham aynan shu shaklda yoziladi. Zaruriyat bo’lganda qavs ichida xar bir so’zlovchining ish joyi va lavozimi ko’rsatiladi.
Majlisda berilgan savollar ham majlis bayoniga yoziladi.
Matnning uchinchi qismida muhokama etilgan masala bo’yicha qaror qabul qilinadi. “QAROR QILINDI” birikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi.
Kun tartibidagi xar bir masala yuzasidan alohida – alohida “ESHITILDI”, “SO’ZGA CHIQDILAR”, “QAROR QILINDI” sarlavxalari qo’yiladi va so’zlovchilar nutqining qisqa mazmuni qabul qilingan qaror rasmiylashtiriladi. Quyida esa ilmiy kengash majlisining bayoni namuna sifatida berilgan.
Bedrintsev Aleksandr Kirillovichga “Milliy va jahon iqtisodiyotlari o’zaro ta’sirining mikroiqtisodiy muammolari (O’zbekiston Respublikasi sanoati misolida)” mavzusida dissertatsiyani himoya qilish asosida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti qoshidagi D. 015. 06. 01. Ixtisoslashgan Kengashda 08. 00. 03. – “Mikroiqtisodiyot” mutaxassisligi bo’yicha iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini berish haqida.

Hisobot — korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, maʼlumotlar, hisobkitob hujjatlari elektron shaklda taqdim etiladi. Balans H., moliyaviy H. va statistik H., xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Balans H.i — kompaniya buxgalteriya xisobotining asosiy shakli boʻlib, muayyan sana uchun kapitalni shakllantirish manbalari va kapi-tal qoʻyilmalar yoʻnalishini tavsiflaydi. Ikki tomonlama jadval shaklida tuziladi; uning chap qismi (aktiv)da kapital tarkibi va uning joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻng qismi (passiv)da kapi-tal manbalari koʻrsatiladi. Aktivda asosiy va aylanma kapital koʻrsatkichlari, passivda oʻziniki boʻlgan va jalb etilgan kapital tuzilmasi va miqdorlari beriladi. Juda batafsil tuziladigan ichki balans kompaniya boshqaruvi tomonidan kompaniya faoliyatini rejalashtirish va boshqarish-da, filiallar ishini nazorat qilishda foydalaniladi. Tashqi balans tashqi xisobotning boshqa shakllari bilan birga kompaniya faoliyati toʻgʻrisida toʻliq va ochiq axborot hisoblanadi. Davlat soliq va yuqori rahbarlik organlariga, fond birjalariga taq-dim etiladi, aksiyadorlar oʻrtasida tarqatiladi, maxsus maʼlumotnomalarda eʼlon qilinadi. Tijorat-savdo sirini saqlash maqsadlarida kompaniyalar balansida rasman ruxsat etilgan modda (band)larni guruhlash va umumlashtirishdan keng foydalaniladi (qisqa balans). Kompaniyalarning moliyaviy Hisobot hisobot topshirishning majburiy shakli. Unga quyida-gilar kiradi: kompaniyaning umumiy balansi; foyda va koʻrilgan zarar toʻgʻrisida hisobot; pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot va kompaniya rahbariyatining umumiy majlisda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kom-paniya paychilari yoki aksiyadorlari eʼtiboriga havola etiladigan yillik dokladi.


Korxonalarning statistik hisoboti iqtisodiyotdagi ayrim boʻgʻinlarning ish koʻrsatkichlarini jamlash orqali tarmoqlar, mintaqalar va mamlakat iqtisodiy faoliyatining statistik koʻrsatkichlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Yüklə 99,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin