O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan
MAVZU: MustaqillikkaerishisharafasidaO‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiyjarayonlar. GURUH: SMMT-92/21 BAJARDI: Abdusamatov Samandar QABUL QILDI: “Tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar” kafedrasi
dotsentiBurhonova Sabo
Toshkent-2021 I. KIRISH. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. 1989-1991 yillar
– “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”
– I.A.Karimov.
Reja:
XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O`zbekistonda amalga oshirgan qatag`on siyosati.
“Paxta ishi”, “O`zbek ishi” nomli kompaniyalar. Aholi turmush tarzining og`irlashuvi. Orol fojiasi. Farg`ona voqealari.
1989-yil o`rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o`zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o`sib borishi.
I.Karimov – O`zbekistonning birinchi prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
1991-yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
Tayanch atamalar va iboralar izohi: - Demobilizatsiya (fr.) - harbiy xizmatdan bo‘shatish. - Doktrina (lot.) - ta’limot, siyosiy qarashning ifoda etilishi. M.: Harbiy doktrina - davlatning qurolli kuchlari vazifalarini belgilovchi nazariya. - Ijtimoiy siyosat - insonlar tub manfaatini himoya qilishga, ularning moddiy, madaniy, ma’naviy hayotini yaxshilashga, sog‘lig‘ini saqlashga, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, texnikaviy, estetik, darajasini ko‘tarishga mo‘ljallangan asosli tadbirlar. - Imperiya (lot.) - hokimiyat, saltanat ma’nosini anglatadi. Ko‘p hollarda o‘z tarkibiga boshqa xalqlar va mamlakatlar hududlarini qo‘shib olgan katta davlatni anglatadi. M.: Rim imperiyasi, Amir Temur imperiyasi.