Тошкент молия институти тадқиқотчиси


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil



Yüklə 414,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix06.03.2023
ölçüsü414,57 Kb.
#86759
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ГОТОВО № 6 2021 365

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil 
431 
6/2021 
(№
 
00056)
 
http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
o’zgartirilmagan asli saqlanib qolingan ulushi va obyektlarning har xilligini hisobga olish 
zarur. Obyektlar har xil hajmlarga ega bo‘lgani bois, ularni shu belgi bo‘yicha tasniflash zarur. 
Quyidagi toifalarni ajratish tavsiya qilinadi [10]: 
- me’moriy majmualar; 
- alohida turgan me’morchilik obyektlari; 
- kichik me’moriy shakllar; 
- turmush, xo‘jalik va ijtimoiy hayot obyektlari.
-turistik biznes korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish ko‘rsatkichlari. Ushbu 
ko‘rsatkichlar turistik xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilingan tashkilotlar o‘rtasidagi gorizontal 
aloqalarning rivojlanganlik darajasini tavsiflaydi.
Tarixiy turistik obyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni turizm barqaror 
rivojlanishining asosini belgilab beradi.
Turizm tizimli o‘rganish obyekti sifatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik qismlardan tashkil 
topib, ko‘plab ichki va tashqi aloqalarga egadir.
Ijtimoiy sohaning bir qismi sifatida turizmning vazifasi inson hayotiy kuchini tiklash, 
ruhiy bosimni yengillashtirish, intellekti va jismoniy darajasini rivojlantirishdir. Turizm 
bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasida “bo‘sh vaqtda dam olish huquqi va haq to‘lanadigan ta’til 
huquqi, hamda bu vaqtdan ta’limiy va ko‘ngil ochish maqsadida foydalanish uchun 
sayohatga chiqish –ichki va xalqaro turizmning ne’matlaridir” deb ko‘rsatilgan [7] .
Iqtisodiy yondashuvda turizm o‘z ichiga tarixiy-madaniy, rekreatsion va boshqa 
tashkilotlarning kompleks xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish, maqsadli investitsiyalar 
kiritish faoliyatini qamrab oluvchi o‘ziga xos tarmoq sifatida belgilanadi. Iqtisodiy hodisa 
sifatida turizm mintaqa iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida unga 
bog‘liqligi nuqtai nazaridan jiddiy e’tiborga molikdir. Mamlaktimizda tarixiy-madaniy 
turizmni rivojlantirish salohiyatini yuqoriligini e’tiborga olgan holda, iqtisodiy adabiyotlar 
ma’lumotlar tahlili asosida [2,4,5,6,7] turizmning iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini 
qayd etish mumkin: 
- ish o‘rinlarini ko‘payishi hisobiga bandlik darajasini oshishi. Rivojlangan 
mamlakatlarda turizm sohasiga 3-5% ish o‘rinlari to‘g‘ri keladi; 
-turizm o‘z rivojlanishi jarayonida bilvosita boshqa tarmoqlarni ham rivojlanishiga 
ta’sir ko‘rsatadi (qurilish, transport, yo‘l, oziq-ovqat savdo sanoati va boshqalar); 
- turizm industriyasi yuqori o‘sish sur’atlariga ega, pandemiya inqirozi oldingi davrda 
dunyo mamlaktlarida turizmdan tushadigan valyuta tushumlari har yili o‘rtacha 8-12%ga 
o‘sgan; 
- turizmning “ko‘paytiruvchi samarasi”, ya’ni turizmga sarflangan mablag‘larning 
yuqori aylanuvchanlikka egaligi; 
-milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlaydi” 
- xorijiy sarmoyalar jalb etish va chet el valyutasida daromadni keltirishi; 
- chet ellarda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy imijini yaxshilaydi; 
- milliy parklar va qo‘riqxonalar vujudga kelishini va rivojlanishini rag’batlantiradi;
- san’at asarlari va urf-odatlar saqlanishiga xizmat qiladi va boshqalar. 
Shuningdek, tarixiy-madaniy turizm rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ayrim salbiy 
omillarni ham keltirish lozim. Xususan, tarixiy –madaniy obyektlarni saqlash, rekonstruksiya 
qilish katta investitsiyalarni talab qiladi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar kapital 
tanqisligidan kelib chiqib, ularni saqlab qolish uchun yetarlicha mablag‘ ajrata olmasligi 



Yüklə 414,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin