Тошкент молия институти тадқиқотчиси


Mavzuga oid adabiyotlar sharhi



Yüklə 414,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix06.03.2023
ölçüsü414,57 Kb.
#86759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ГОТОВО № 6 2021 365

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi 
Ta’kidlash kerakki, hozirgi pandemiya sharoitida turizm infratuzilmasini tashkil 
qiluvchi tarmoqlarni inqirozdan saqlab qolish borasida ko‘plab mualliflar o‘rtasida yagona 
tushuncha mavjud emas. Fikrimizcha bu borada hali olib borilishi kerak bo‘lgan 
tadqiqotlarning ko‘lami keng bo‘lib, turizm tarmoqlari rivojlanishini ta’minlashimizda 
xalqaro tajribalarni ham hisobga olishimiz lozim. 
Iqtisodiy adabiyotdlarda tarixiy-madaniy turizmga oid masalalar qator olimlar 
tomonidan o‘rganilgan va turlicha ta’riflar berilgan. Gollandiyalik tadqiqotchi Richard Greg 
tarixiy-madaniy turizmni “kishilarning o‘z madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun yangi 
ma’lumotlar va tajriba to‘plash maqsadida odatiy yashash joyidan uzoqda joylashgan 
madaniy, diqqatga sazovor joylarga borishi” deya ta’riflaydi[8]. 
Rossiyalik mutaxassis Y.V. Kolotova tarixiy-madaniy turizmni “mamlakatning barcha 
imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan an’ana va urf-odatlari, uy xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari 
bilan bog‘langan ijtimoiy-madaniy muhit salohiyati” deya ta’riflaydi[5].
I.T. Frolova esa tarixiy madaniy turizmga global miqyosda xalqlarni bir-biriga 
yaqinlashtiruvchi omil va vosita sifatida qarab, rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va bir-birini 
to‘ldiruvchi uchta: 1) madaniyat va madaniy merosga oid bilimlarni boyitish, 2) madaniyatni 
muhofaza qilish va qayta tiklash, 3) madaniyatlar muloqoti kabi yo‘nalishlardan iborat deya 
hisoblaydi. Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda madaniy turizmning asosiy gumanitar 
funksiyalari, sifatida quyidagilar qayd etiladi: 
- madaniy-ma’rifiy va ta’limiy; 
- madaniy muhofaza va saqlash; 
- aloqalar o‘rnatish va tinchlikparvarlik.
G.Karpov. L.Xorovalar esa tarixiy va madaniy turizmni “kishilarning yangi axborot, 
tajriba va taassurotlarga ega bo‘lish uchun madaniy diqqatga sazovor joylar, muzeylar va 
tarixiy joylar, san’at galereyalari, musiqa va drama teatrlari, konsert maydonchalari, ijrochilik 
san’ati, klassik qadriyatlar hamda tarixiy merosni aks ettiruvchi mahalliy aholining an’anaviy 
dam olish hududlari, innovatsion badiiy ijodiyot uylariga tashrif buyurishi” deb 
hisoblaydilar[6]. 
Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari I.To‘xliyev, R.Amriddinova, Sh.Ro‘ziyev, 
O.Xamidov, N. Ibadullayev F.Aziztoyeva, B. Mamatov va boshqalar boshqalarning ilmiy 
asarlarida turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga doir ko‘plab 
masalalar yoritilgan lekin, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishga oid ayrim masalalar 



Yüklə 414,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin