Тошкент молия институти тадқиқотчиси


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil



Yüklə 414,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix06.03.2023
ölçüsü414,57 Kb.
#86759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ГОТОВО № 6 2021 365

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil 
428 
6/2021 
(№
 
00056)
 
http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
yetarlicha o‘rganilmaganligi bois ba’zi muammolar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini 
saqlab qolmoqda. 
Xususan, N.To‘xliyev: “Turizm (frans. tour – sayr, sayohat) sayyohlik-sayohat (safar) 
qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat 
joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa maqsadlarga borilgan joyda 
(mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan holda jo‘nab ketishi 
tushuniladi” deb hisoblaydi. 
Tadqiqotchi Sh. Ro’ziyev tarixiy-madaniy turizmning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini 
takomillashtirishda yaratiladigan konsepsiyalar, metodlar va turistik faoliyat subyektlarining 
o‘zaro integratsiyasini amalga oshiruvchi indikativ boshqaruv metodikasini yoritib 
bergan[12]. 
Iqtisodchi olim O.H.Xamidovning e’tirof etishicha “Turizm murakkab, ko‘p qirrali 
tushuncha bo‘lib, u ... boy va xilma-xil tabiat, madaniy-tarixiy obyektlardan tabiat 
muhofazasi va ekologik xavfsizlikni ta’minlash asosida tomosha qilish orqali samarali 
foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi.” 
Tadqiqot metodlari 
Tadqiqotda turizm iqtisodiyoti bo‘yicha mavjud nazariyalar o‘rganildi va 
mamlakatimizdagi uning rivojlanish jarayonlari tahlil qilindi. Tizimli tahlil qilishda 2019-2021 
yillardagi statistik ma’lumotlar qo‘llanildi. Statistik manba sifatida, O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlaridan keng foydalanildi. Tadqiqot mavzusi 
doirasida muammoni atroflicha tahlil qilish, ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab 
chiqish maqsadida induksiya va deduksiya, statistik, tizimli va qiyosiy tahlil, PEST tahlil kabi 
usullardan foydalanildi. 

Yüklə 414,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin