Tahlil va natijalar Tarixiy va madaniy turizm - bu faol turizmning eng keng tarqalgan turi. U ta’lim va
axborot maqsadlariga yo‘naltirilgan barcha turizm turlarini o‘z ichiga oladi. Bunday turizm
dasturlari insoniyatning turli xil tabiiy tarixiy va madaniy meroslariga qiziqishiga asoslangan.
Bunda turistik mahsulot madaniy tajribalar shaklida taklif etiladi. Etnik va etnografik turizmni
o‘ziga xos tarixiy-madaniy turizm deb hisoblash mumkin, bu o‘z maqsadlariga (saqlab qolish,
zarar yetkazmaslik) ko‘ra, ekologik turizmga yaqin turadi. Mamlakatlar va xalqlar madaniyati
turistik qiziqishning asosiy elementlaridan biridir. Turistlarning turli shaharlarga, dunyoning
chekka burchaklariga va ularda istiqomat qiladigan xalqlarga bo‘lgan qiziqishi sayohat
qilishning eng kuchli rag‘batlantiruvchisidir. Shuning uchun turizm boshqa madaniyatlar
bilan, boshqa xalqlarning tarixi va hayoti bilan, badiiy asarlar bilan tanishishning eng yaxshi
usuli hisoblanadi. Boshqa mamlakat tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish
insonning ma’naviy dunyosini boyitadi.
Tarixiy madaniy turizm boshqa dam olish turlariga qaraganda muhim afzalliklaridan
biri – u butun yil davomida talabga ega bo‘lib, uning sezilarli farqi mavsumiy emasligidir.
Ushbu tur yilning istalgan vaqtida dolzarbdir, chunki sayyohlar muzeylarga tashrif buyurish,
tarixiy obidalar va mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko'rish uchun ekskursiya
qilishlari mumkin. Turistik jozibadorlikni shakllantirish uchun tarixiy-madaniy turizm
quyidagi jihatlarni o'z ichiga olishi kerak (1-rasm).
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil 429 6/2021 (№ 00056) http://iqtisodiyot.tsue.uz