33
2.Konsolidasiyalashgan hisobni tashkil etishda xalqaro tajriba
Har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining
tarkibiy qismida xolding
kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari,
transmilliy
korporatsiyalar va yirik
kompaniyalarning o‘rni beqiyosdir. Bu yo‘nalishda kompaniyalarni faoliyatini
tashkillashtirishda kompaniyalar iqtisodiy jihatdan
bir kompaniyaga yoki bir
yo‘nalishdagi moliya guruhlariga ko‘ra birlashadilar va bunda xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar guruhining bosh korxona nazorati ostida birlashuvi yuz bersa,
konosolidatsiyalashgan hisob va hisobotni amalga oshiradilar. Konsolidatsiyalangan
moliyaviy hisobotni tuzishning asosiy maqsadi
bosh kompaniya tarkibidagi
sub’ektlarning umumlashgan korporatsiya faoliyati natijalarini va moliyaviy holati
to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni
to‘lig‘icha
ochib
berishdan
iboratdir.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot moddalari kompaniyalar guruhining
moliyaviy holati, amalga oshirilgan operatsiyalar va moliyaviy natijalar o‘zgarishga
oid
axborotga
bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida shakllantiriladi.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni tuzishda
yagonalashgan hisob
siyosatini qo‘llash jarayonning ajralmas qismidir. Agar konsolidatsiyalangan
hisobotlarni tayyorlashda yagona hisob siyosatini qo‘llashning imkoniyati bo‘lmasa,
bu holat boshqa hisob siyosati qo‘llanilgan hisobotning qismlari bo‘yicha
yoritib
berilishi lozim. Mutanosib holda tuzilmagan hisob siyosatining majud bo‘lmasligi
keyinchalik hisobot moddalari ma’lumotlarini birlashtirishda shaffof xususiyatga
ega bo‘lmagan ma’lumotlarni shakllantirishga olib kelishi mumkin. O‘rganishlar
davomida, bosh korxona rahbarligidagi sub’ektlar guruhining hisobot ma’luotlarini
birlashtirish jarayonini uch bosqichga bo‘lishimiz
maqsadga muvofiq; dastlabki,
asosiy va yakuniy bosqichlar. Birinchi bosqichda
bosh kompaniya krakli
ko‘rsatkichlar ma’lumotlarini yig‘adi konsalidatsiyalashning yagonalik tamoyillari
asosida ularni birlashtiradi. Ikkinchi bosqichda konsolidatsiya jarayoni ya’ni
konsolidatsiyangan hisobot shakllantiriladi. Uchinchi
bosqich yakuniy bosqich,
ya’ni bosh kompaniya ilova, tushuntirish xatlarida qo‘shimcha ma’lumotlarni
ma’lum qiladi va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning yakuniy bosqichini
amalga oshiradi va taqdim qiladi.(1-rasm)