Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"


 rasm. Bosh korxona rahbarligidagi sub’ektlar guruhining hisobot



Yüklə 473,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix20.04.2023
ölçüsü473,43 Kb.
#100959
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Н Имамова КУРС ИШИ ЁЗИШ кўрсатмаси 4

1 rasm. Bosh korxona rahbarligidagi sub’ektlar guruhining hisobot 
ma’lumotlarini birlashtirish jarayoni
1
 
Korxonada hisob yuritishning alohida yo‘nalishlari sifatida moliyaviy,
boshqaruv va soliq xisob tizimi mavjud va korxona hisob siyosatida operatsiyalarni 
amalga oshirish bo‘yicha tartib qoidalar belgilanadi. Shu o‘rinda ularning 
umumlashgan hisobini shakllantirishda yana bir jarayon konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy hisob va hisobot tizimni qayd etishimiz mumkin.
 
1
Муаллиф томонидан тузилган 
корхонанинг молиявий, бошқарув, 
солиқ ҳисоби 
Дастлабки босқич 
Асосий босқич
Якуний босқич 
бош корхона 
консолидациялашган 
ҳисобот


35 
3. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari asosida konsolidatsiyalashgan
hisobotni tuzishning o’ziga xos jihatlari 
Bosh korxona tarkibidagi korxonalarda konsolidatsiyalashgan hisobotni 
tuzishda hisob siyosatida uning asosiy tamoyillarini belgilab olish maqsadga 
muvofiq. Tamoyillarning belgilab olinishi ishonchli konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy hisobotlarni tayyorlash qoidalarini o‘zida mujassam etadi. Bunday 
tamoyillar sifatida yagona hisob siyosati, yagona valyuta asosida hisobni yuritish, 
guruhlashgan sub’ektlarning bosh kompaniyaga birlashuvi, hisobotni taqdim etish 
kabilarni belgilab oldik. 
Yagonalashgan hisob siyosati tamoyili – aktivlar, majburiyatlar va sub’ekt 
operatsiyalarini amlga oshirishda bir xil hisob usullarini qo‘llash. 
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bosh kompaniya hisobot sanasida 
tuzilishini ta’minlash. Hisobot sanalarida nomuvofiqlik bo‘lsa, sho‘ba korxona bosh 
korxona hisobot sanasi holatiga qo‘shimcha moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlashi 
lozim. 
Kompaniya 
foydalanuvchilariga 
taqdim 
etayotgan 
barcha 
hisobot 
ma’lumotlari ma’lum bir valyutada bo‘lishi kerak. Konsolidatsiyalash jarayoni 
amalga oshirilish sanasida barcha valyuta birliklari yagona valyuta birligiga 
aylantiriladi. Balans valyuta moddalariga hisobot davri oxiridagi rasmiy valyuta 
kursi qo‘llaniladi. Ya’ni mamlakatda amal qilinuvchi valyuta kursiga nisbatan 
belgilangan stavka asosida, masalan Markaziy bank kursi so‘mga nisbatan 
Guruhlashgan sub’ektlarning bosh kompaniyaga birlashuvi bunda hisobot 
bosh kompaniya tarkibidagi barcha korxonalar uchun umumlashgan holda tuziladi. 
Bunday hisobotlarni tuzish uchun sho‘ba korxonalarning qator moddalari bosh 
kompaniyaning qator moddalari bilan umumlashtiriladi. 
 
Hisobotni taqdim etish tamoyilida bosh kompaniya ilova, tushuntirish 
xatlarida qo‘shimcha ma’lumotlarni keltirgan holda hisobot ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilarga taqdim etadilar. 


36 
Yuqorida ham qayd etilganidek, Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobni 
yuritish va hisobotni tuzishda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda
moliyaviy hisobot xalqaro standartlarida tartib qoidalar beliglangan to‘liq 
ma’lumotlar bilan ta’minlab beradi. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarida 
mazkur jarayon bir qator standartlar jumladan, IAS 27 “Alohida moliyaviy 
hisobotlar”, IFRS 10 “Jamlangan (konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobotlar”, 
IFRS 3 “Biznes birlashuvlari”, IFRS 11 “Birgalikdagi faoliyat bo‘yicha 
kelishuvlar”, IFRS 12 “Boshqa tadbirkorlik sub’ektlarida ishtirok etish to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni ochib berish”, va
IAS 28 “Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va 
qo‘shma korxonalardagi investitsiyalar” kabi standartlar bilan tartibga solinadi. 

Yüklə 473,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin