Тошкент Молия Институти



Yüklə 37,5 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü37,5 Kb.
#81763
Taqriz Ergashev


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mualliflar p.f.d., prof M.A.Ashurov, D.R.Muydinjanov, M.A.Madraximova, Z.R.Muydinjanov, X.S.Ramazonov tomonidan tayyorlangan “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmaga
T A Q R I Z
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.
Raqamli texnologiyalar, kompyuterlashtirish va axborotlashtirish davrida Ta’limda axborot texnologiyalari va bu bilan bog‘liq fanlarning ahamiyati yana ham o‘shib bormoqda. Oliy o‘quv yurtlari talabalarini bu yo‘nalishda puxta tayyorlash va ularni kelajakning yetuk mutaxassisi qilib yetishtirish uchun har tomonlama o‘ylangan va puxta o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash zamonamizning dolzarb vazifalaridan biridir. Xususan, chuqur bilimli hamda malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va soha bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga imkon beruvchi jahon andozalariga mos keluvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; mazkur jarayonni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish; Bevosita talabalar kompyuterdan mustaqil foydalana olishlarini o‘rgatuvchi o‘quv fanlaridan kasbiy bilim va malakalarni shakllantiruvchi, o‘quvchining qobiliyati, intellektual xususiyati, bilim darajasini hisobga olib ta’lim beradigan o’quv-uslubiy qo’llanma yaratish kabi masalalarni shular qatoriga qo‘shish mumkin.
Xuddi shu ma’noda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti «Matematika va Ta’limda axborot texnologiyalari» kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan «Ta’limda axborot texnologiyalari» nomli o‘quv qo‘llanmaning ahamiyati juda ham kattadir, chunki unda hozirgi kunda dunyoda keng miqyosida qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalariga oid ma’lumotlar bayon qilingan, unda talabalar o’zlashtirgan bilimlarini sinab ko’rishlari uchun foydali savollar keltirilgan. O‘quv qo‘llanma nafaqat yuqorida ta’kidlangan barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik talabalari, balki o‘z faoliyatlari doirasida umumiy o’rta ta’lim maktab informatika va axborot texnologiyalari o’qituvchilari hamda mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydali manba vazifasini o‘taydi. O‘quv qo‘llanmada keyingi yillarda nashr etilgan adabiyotlar ro‘yhati, bir qancha mavzularga tegishli o‘quv uslubiy qo‘llanmalar va internet sahifalariga ilovalar keltirilganki, ularning ishlatilishi fanni yana ham chuqur tushunishga va o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Undan tashqari, o‘quv qo‘llanmada bir qancha tasviriy elementlar, grafik va sxemalar berilganki, ular o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lib, savolni yoki tegishli tushunchalarni yana ham yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi.
O‘quv qo‘llanmani chuqur va atroflicha o‘rganib chiqish natijasida uning pedagogika yo‘nalishidagi talabalarining «Ta’limda axborot texnologiyalari» fanini amaliy tomondan puxta o‘rganishlarida asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun ushbu o‘quv qo‘llanmani nashr qilishga tavsiya qilaman.
Jizzax davlat pedagogika instituti
kafedra mudiri P.h.D. J.Ergashev
Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin