Toshkent moliya instituti


  O’zbekiston  Respublikasi  tijorat  banklari  zamonaviy  xizmatlarini



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#40403
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
ozbekiston respublikasi tijorat banklari zamonaviy xizmatlarini shakillantirish va rivojlantirish masalalari mavzusini oqitishda tadqiqiot metodini qollash

1.2.  O’zbekiston  Respublikasi  tijorat  banklari  zamonaviy  xizmatlarini 

shakillantirish  va  rivojlantirish  masalalari  mavzusini  o’qitishda  tadqiqot 

metodini qo’llashning nazariy asoslari 

 

Iqtisodiyotni  o‘rganishda  tadqiqot  metodini  qo‘llash  talabalarning  puxta 

bilim olishlariga katta yordam beradi. Sababi,  iqtisodiyot doimo kishilarni oldiga 

tanlov muammosini qo‘yadi, chunki resurslar cheklangan, ularni bir maqsaddagina 

ishlatish  mumkin,  uni  ikkinchi  maqsadda  ishlatib  bo‘lmaydi.  Masalan,  yerga  uy 

qurilsa,  endi  u  yerga  ekin  ekib  yoki  yo‘l  qurib  bo‘lmaydi.  Resurslarning 

cheklanganligi  tanlov  bilan  bog‘liq  holda  ulardan  samarali  foydalanish  yo‘llarini 

qidirishga  majbur  qiladi.  Buni  biz  tadqiqot    orqali  amalga  oshiramiz.  Tadqiqot 

nafaqat  ilmiy  bilishning  balki  bilim  olishning  ham  alohida  ahamiyatga  ega 

metodidir. 

Tadqiqotning  deduktiv  metodga  asoslanishi  iqtisodiyotda  qator  tayyor 

qoida, qonunlar mavjudligi, ulardan qo‘yilgan muammolarni yechishda foydalansa 

bo‘lishiga  tayanadi.  Bu  qonun,  qoidalar  talabalarga  zarur  axborotni  keraksiz 

ma’lumotlardan  ajratishga  yordam  beradi.  Tadqiqot  jarayonida  izlanishni  to‘g‘ri 

yo‘ldan  borishiga  ko‘maklashadi.  Induktiv  metodni  qo‘llash  yordamida  talabalar 

ma’lumot, axborotga asoslanib, iqtisodiy hodisa va jarayonlar  haqida yangi  ilmiy 

taxmin (gipoteza)larni ilgari surishi  yoki  ilgari  bildirilganlarini tekshirib ko‘rishi 

mumkin. Bunda, bir muqobil qiymat ikkinchisi bilan solishtiriladi. Shuning uchun 

kishilarning  xatti-harakati  qanday  bo‘lishini  va  ma’lumotlarni  sinchkovlik  bilan 

o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bunga tadqiqot uslubi  orqali  erishish mumkin. 

Metodni qo‘llash uchun o‘qituvchi puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim: 

1. Darsda talabalarni qiziqtiradigan savol yoki masala qo‘yiladi. 

2. O‘qituvchi talabalarga biron-bir gipoteza taklif qilishi yoki talabalarning 

o‘zlari  muhokama  qilayotgan  masalaning  yechimini  mumkin  bo‘lgan    

variantlarini    taklif    qilishlari, tushuntirishlari mumkin. 

3.  Talabalar    ma’lumotlar,  axborotlar    to‘plashadi.  Mustaqil  ravishda 

adabiyotlar  o‘qib,  jadval,  grafik,  videofilm  va  boshqalarni  o‘rganib,  shaxsan 

tadqiqot o‘tkazadi yoki darsda tadqiqot o‘tkazishda qatnashadi. 




17 

 

4. Olingan ma’lumotlar asosida qo‘yilgan masala bo‘yicha xulosa chiqariladi. 



5.  Aytilgan  gipoteza  to‘g‘rimi  yoki  yo‘qligi,  aniqlanadi.  Noto‘g‘ri  bo‘lsa 

chiqarilgan xulosa bo‘yicha yangi ta’rif beriladi. 

Iqtisodiy masalalar, muammolarni tadqiq qiliщda deduktiv taxminlar keng 

qo‘llaniladi.  Ular  masalani,  muammoni  yechishda  odamlarning  sa’y-harakati 

qanday  bo‘lishi  mumkin,  ular  nimani  tanlashlari  mumkin,  buning  sababi  nimada 

ekanligini tushunishga yordam beradi. Bu taxminlar odamlarning iqtisodiy fikrlash 

tarzini qanday kechishi mumkinligi, u nimalarga bog‘liqligini anglay bilishimizga 

bog‘liq.  Tadqiqot  o‘tkazishda  ana  shu  taxminlardan  foydalanamiz.  Ular  asosida 

xulosa chiqaramiz.  

Talabalarni  o‘z  fikrini  qat’iy  himoya  qilishga,  boshqalarning  fikrini  tahlil 

qilishga,  mantiqiy  mushohada  yuritishga  undaydigan,  darsda  faol  qatnashishlarini 

ta’minlaydigan metodlardan biri darsni munozara metodi asosida tashkil qilishdir. 

Darsni  munozara  metodi  asosida  tashkil  qilishni  turli  usullari  mavjud. 

Ulardan  keng  qo‘llaniladigani  yuqorida  ko‘rsatganimizdek,  o‘quv  jarayonida 

munozara,  muammo  qo‘yib,  muhokama  qilish  mumkin.  Bunda  talabalar 

munozaraga  individual  tarzda  yondashadilar.  Ochiq  munozara  qo‘yilgan 

muammoni belgilangan qoida bo‘yicha muhokama qilinib, yechimini qabul qilish 

yoki  qilmaslikni  plenumga  topshirish  bilan  yakunlanadi.  Bunda,  masalan, 

quyidagicha savol qo‘yish mumkin:  

Aytishlaricha,  Angliyada  o‘z  vaqtida  mashhur  bo‘lgan  kema  kapitani 

muhtojlikka  tushib,  o‘ylab-o‘ylab,  oxir-oqibat  gazetada  «Xatolarimni  sotaman»  -

deb  e’lon  bergan  ekan.  Odamlar  taajjublanib,  tavba,  xatoni  ham  sotsa  bo‘lar 

ekanda,  uni  qanday  ahmoq  sotib  oladi,  deyishgan  ekan.  Lekin  shunday  kishi 

topilibdi. Siz ham xatolarni sotib olgan odamni ahmoq, deb o‘ylaysizmi?  

Bordi-yu,  yo‘l  qo‘yilgan  iqtisodiy  xatolarni  sotaman,  degan  e’lon  chiqsa, 

siz, o‘zingiz sotib olarmidingiz?  

Har  bir  talabaning  bildirgan  fikri  hamda  qo‘yilgan  muammoni  yechish 

uchun bildirgan fikriga qarab, ball beriladi. 

Dars o‘tishning yana bir usuli  kichik guruhlar o‘rtasida munozara olib 



18 

 

borishdir.  Bu  usulda  qo‘yilgan  muammo  kichik  guruhlar  o‘rtasida  muhokama 



qilinib,  ular  o‘z  takliflarini  asoslab  berishi  zarur.  Masalan,  Davlat  byudjeti 

parametrlarini qabul qilishni Oliy Majlis fraksiyalari o‘rtasidagi munozara tarzida 

tashkil  qilish  mumkin.  Bunda  har  bir  kichik  guruh  bir  fraksiya  rolini  o‘ynashadi. 

O‘z taklifini asoslash uchun eng muhim dalillarni keltirib, Oliy Majlisning boshqa 

a’zolarini  ham  o‘z  takliflarga  ovoz  berishga  moyil  qilishga  intilishadi.  Munozara 

qatnashchilari qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishlariga ko‘ra baholanadi.  

Munozara  metodini  qo‘llashning  yana  bir  usuli  «qarama  -  qarshi 


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin