Toshkent moliya instituti



Yüklə 96,01 Kb.
səhifə5/5
tarix16.03.2022
ölçüsü96,01 Kb.
#53840
1   2   3   4   5
monetar joriy

Selektiv kreditlash Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotning maʼlum bir sohasi yoki tarmog‘ini bilvosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi. Bunda Markaziy bank tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak bo‘lgan soha yoki tarmoqqa mansub bo‘lgan subyektlar tomonidan chiqarilgan tijorat veksellari nisbatan past bo‘lgan diskont stavkalarida hisobga olinadi. Misol uchun, Markaziy bankning trattalarni qayta hisobga olish stavkasi 10% bo‘lsa, selektiv kreditlash qo‘llanilayotgan soha subyektlarining trattalari 5% stavkada Markaziy bankda qayta hisobga olinadi. Buning natijasida ushbu soha yoki tarmoq subyektlarining trattalariga bo‘lgan talab oshadi. Yaʼni, tijorat banklari mazkur trattalarni o‘zlarida hisobga olish yo‘li bilan Markaziy bankdan nisbatan past stavkalarda kreditlar olish imkoniga ega bo‘lishadi. Masalan, boshqa subyektlarning trattalarini Markaziy bankda qayta hisobga olish yo‘li bilan olinadigan markazlashgan kreditlarning bahosi 10% bo‘lsa, ushbu soha yoki tarmoq subyektlarining trattalarini Markaziy bankda qayta hisobga olish yo‘li bilan olinadigan markazlashgan kreditlarning bahosi 5 foizni tashkil etadi. Masalan, Markaziy bank tomonidan qishloq xo‘jalik korxonalarining trattalari past diskont stavkasida qayta hisobga olinayapti. Buning natijasida tijorat banklari birinchi navbatda qishloq xo‘jalik korxonalarining trattalarini o‘zida hisobga olishga, yaʼni diskont stavkasi bilan sotib olishga harakat qiladi. Natijada, qishlqo xo‘jalik korxonalarining pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirilish darajasi oshadi. Chunki, tijorat banki o‘zining diskont stavkasi bo‘yicha qishloq xo‘jalik korxonalarining trattalarini sotib oladi. Misol uchun, qishloq xo‘jalik korxonasi tijorat bankiga 1,0 mln. so‘mlik trattani topshirsa va bunda bankning diskont stavkasi 3,0% bo‘lsa, u holda, bank korxonaning joriy hisobraqamiga 970 ming so‘m tushirib beradi (1000 000-30 000 so‘m). Tijorat banki esa, mazkur trattalarni Markaziy bankka qayta hisobga oldirib, undan 5% stavkada markazlashgan kredit oladi. Bunda tijorat banki ikki tomonlama manfaat ko‘radi: birinchidan, Markaziy bankdan nisbatan past stavkada kredit oladi; ikkinchidan, o‘zining diskont stavkasi bilan Markaziy bankning diskont stavkasi o‘rtasidagi farq sifatida (2,0%) daromad oladi.

Korxonalar tovarlarini kreditga sotganida, yaʼni to‘lovini kechiktirish sharti bilan sotganida tijorat vekseli yoziladi. Agar korxonaga pul zarur bo‘lsa, u vekselning muddati tugashini kutib o‘tirmaydi va vekselni tijorat bankiga sotadi. Tijorat banki vekselni o‘zining diskont stavkasi bilan sotib oladi. Ushbu sotib olish bank amaliyotida vekselni hisobga olish deb ataladi. Tratta – bu uzatma tijorat vekselidir. Tijorat veksellarining ikki turi mavjud: oddiy va uzatma tijorat veksellari.

Tijorat veksellarini boshqa shaxslarga uzatish mumkin. Shu jihatdan olganda, ular pulning to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi. Vekselni uchinchi shaxsga uzatish huquqini beruvchi yozuv indossament deb ataladi. Vekselni uchinchi shaxsga uzatgan subyekt indossant deb ataladi. Vekselni indossament orqali qabul qilib olgan subyekt indossat deb nomlanadi.

Markaziy bank selektiv kreditlash orqali iqtisodiyotning maʼlum bir sohasi yoki tarmog‘ini bilvosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu soha yoki tarmoqlarni bilvosita qo‘llab-quvvatlash imkoniyati Markaziy banklarda mavjud emas. Chunki, Markaziy banklar iqtisodiyot sohalari va tarmoqlariga bevosita bank xizmati ko‘rsatmaydi. Ammo Markaziy banklar tijorat banklarining likvidliligi va to‘lovga qobilligini taʼminlash orqali iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun zamin yaratadi. Shu sababli, selektiv kreditlash iqtisodiyotning real sektori korxonalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.



1 Бобакулов Тулкин Ибодуллаевич, Абдуллаев Уткур Азимович, Шомуродов Равшан Турсунқулович, МОНЕТАР СИЁСАТ ДАРСЛИК, 2019

Yüklə 96,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin