Restriksion monetar siyosat deganda, odatda, muomaladagi pul massasining o‘sish surʼatlarini jilovlashga qaratilgan monetar siyosat tushuniladi.
Restriksion monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi:
– Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalarining darajasi oshiriladi;
– tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotib olish sharti bilan sotiladi;
– Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga tegishli bo‘lgan vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari depozit hisobraqamlariga jalb etiladi;
– Markaziy bank valyuta siyosati doirasida milliy valyutadagi pul mablag‘lari hajmining o‘sish surʼatlarini cheklashga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |