mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi qayta moliyalashtirish stavkasining o`rnatilishi natijasida xo`jalik sub`ektlariga beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha foizlarni o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin. Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib borilayotgan pul-kredit va byudjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflyatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi.