Toshkent moliya instituti



Yüklə 247,32 Kb.
səhifə32/36
tarix01.01.2022
ölçüsü247,32 Kb.
#50354
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi;

2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi. Daromadlar siyosati o`z mohmiyatiga ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.

Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur`atlarda bulmasdan, sakrab turadigan bulishi mumkin. Lekin, ba`zi tovarlar bahosining tushishi yoki barkaror bulib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun moe deb tulik ishonch bilan uktira olmaymiz. Ba`zida davlat aralashuvi bilan aholi iste`moli uchun zarur bulgan ayrim bir tovarlar bahosining ma`lum davrda barkaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir okibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi tugrisida gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baxolar oshishi tushunchalarini tutri talkin kila olish kerak. Masalan, xamma vakt ham ba`zi tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyatsiya bulmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bulishi mumkin.

Shuningdek, bank tizimining samarali faoliyat yuritishi milliy valyuta barqarorligini ta`minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Markaziy bankning ushbu yo`nalishdagi asosiy vazifasi iqtisodiyotda moliyaviy vositachilik darajasini oshirish uchun zarur sharoitlarni, jamg`armalarni investitsiyalarga yo`naltirishning samarali tizimini yaratishdan iboratdir.

2019 yilda bank tizimida iqtisodiyotnin real sektoridagi jarayonlarni aks ettiruvchi sifat o`zgarishlari ruy berdi. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi banklarda omonatlarning keskin o`sishiga, tijorat banklari tomonidan aholiga kursatilayotgan xizmatlar ko`lamining, shu jumladan iste`mol kreditlari hajmining ortishiga olib keldi. Xususiy sektorni rivojlantirish banklar tomonidan kredit liniyalari ajratish, boshlang`ich kapitalni moliyalashtirish, tadbirkorlarga konsalting va boshqa xizmatlarni ko`rsatish orqali qo`llab-quvvatlanmoqda. Bank ishida yangi texnologiyalarni qo`llash tijorat banklarida hisob kitoblarni jadallashtirish, aktiv va passivlani yanada samarali boshqarishga o`tish, naqd pulsiz to`lovlarning yangi turlarini joriy etish imkonini berdi.

Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi karash olib borish tajribasida biz ta`kidlab o`tgan ikki yo`nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastalabki kunlaridan boshlab yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda qat`iy pul-kredit siyosati olib borilmoqda. Olib borilayotgan bunday siyosat natijasida inflyatsiya sur`ati belgilangan me`yorlarda ushlab turishga erishilmoqda. Prezidentimizning bu jarayonlar haqidagi quyidagi gaplari juda o`rinlidir.” Puxta o`ylangan qat`iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko`zda tutilgan prognoz ko`rsatkichlari chegarasida, ya`ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolindi.Ushbu omil mamlakatimizda inflyatsiya sur`atlarini aholi turmush darajasiga kam darajada ta`sir etayotganligidan dalolat beradi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchu nasosan quyidagi chora-tadbirlar amalga rshirilmoqda:

- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;

- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarningrag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;

- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va - qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;

- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;

- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.

Yuqorida ta`kidlab o`tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish ma`lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.


Yüklə 247,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin