O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navoning o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi.
Taklif inflyatsiyasi. Mazkur inflyatsiya doimiy ravihda ishlab chiarish infratuzilmasi bilan bog`liq bo`ladi. Bu inflyatsiyaning sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin: har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshishi; har xil turdagi innovatsion xizmat turlari paydo bo`ladi va ishlab chiqarishga nisbatan ham mehnat unumdorligida yuqori ish xaqi olishga imkoniyat tug`iladi. Natijada, tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi; aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish xaqining oshishi.