2. Inflyatsiyaning turlari va shakllari. Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
2. Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi.