Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an`anaviy turi talab oshib ketganda
yuzaga keladi. Ishlab chiqarish soxasi aholining talabini to`liq qondira olmaydi,
taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam
miqdordagi tovarlarga ko`p miqdorda pul massasi to`g`ri keladi.Talab
inflyatsiyaning vujudga kelishi sabablari quydagicha:
davlat qarzlarining o`sishi («defolt»ga olib kelish ehtimoli mavjud) va byudjet defitsitining mavjudligi; xarbiy texnika sotib olish va boshqa xarbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq
bo`lgan jarayonlar;
chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga
almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy valyutaga
nisbatan chet el valyutasining qadri oshadi;
xalq xo`jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan
bog`liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo`lgan
talabni oshiradi;
xalq xo`jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash
ham, qo`shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |