Soliq siyosati –bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag`larini yig`ish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to`lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.
Baho siyosati –bu mahsulotlar, xizmatlar va to`lovga qobiliyatli talab o`rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog`liq siyosatdir.
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me`yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o`sishini ta`minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo`lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.