Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo`lgan inqirozlar, (xomashyo, yoqilg`i, valyuta bo`yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar kiradi. Ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to`xtovsiz o`sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi, oqibatida pul birligining qadrsizlanishi inflyatsiyani keltirib chiqaradi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
a) tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o`sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
b) Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
v) Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o`sib borishiga qarab inflyatsiyani bir necha turlarga bo`lish mumkin:
sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 5-10 % dan
oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko`proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo`lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo`lishi mumkin. Bu inflyatsiya, aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o`zgarish sezilmasligi mumkin:
shiddatli inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 10-100% (ba`zida
200% gacha) bo`lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko`proq uchraydi;
giperinflyatsiya.Baholarning o`sish sur`atlari yiliga 200%dan oshib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |