axborotni
himoyalash metodlarini o‘z ichiga oladi:
himoyaning qonuniy metodlari;
himoyaning tashkiliy metodlari;
tasodifiy tahdidlardan himoyalash metodlari;
an’anaviy ayg‘oqchi va buzg‘unchi hujumlardan himoyalash metodlari;
elektromagnit nurlanishlar va mo‘ljallardan himoyalash metodlari;
noqonuniy kirish harakatlaridan himoyalash metodlari;
kriptografik himoya metodlari;
kompyuter viruslaridan himoya metodlari.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, axborotning muhimlik darajasi qadim
zamonlardan ma’lum. Shuning uchun qadimda ham axborotni himoyalash uchun turli
usullar qo‘llanilgan. Xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy
olmagan. Asrlar davomida bu usullar jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning
elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir
necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega
bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Endilikda axborot kishilar
tomonidan ishlab chiqiladi, saqlanadi, uzatiladi, sotiladi va sotib olinadi. Bulardan
tashqari, axborot o‘g‘irlash, buzib talqin yetish va soxtalashtirish hollariga uchraydi.
Tez rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari kundalik hayotimizning
barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirdi. Aksariyat hollarda, axborotning
bahosi uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosidan bir necha yuz
barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun axborotni unga ruxsat etilmagan holda
6
kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy
xarakterdagi xavflardan himoya kilishga kuchli zarurat tug‘iladi.
Kompyuter texnikasining takomillashuvi va uning inson faoliyatining turli
sohalariga keng tadbiq qilinishi qonunga zid amallar sonining o‘sishiga sabab bo‘ldi,
ularning obyekt yoki vosita sifatidagi ko‘rinishi shaxsiy kompyuterlar hisoblanadi.
Har xil manipulyasiya turlarini ishlatish, ya’ni axborotga o‘zgarishlar kiritish yo‘li
bilan uni qayta ishlashning turli bosqichlarida, dasturiy ta’minotda, axborotni olishda
pullarning katta hajmini o‘marish, soliqlardan bosh tortish, ishlab chiqarishda
ayg‘oqchilik qilish, raqobatchilar dasturlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lish holatlari
kam emas.
Axborot himoyasi tizimli yondashuvning zarur ekanligini taqozo etadi, ya’ni bu
yerda alohida korxonalarning cheklanishi mumkin emas. Himoyaga bo‘lgan tizimli
yondashuv axborot xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan tashkiliy, fizik va
dasturiy-texnik vosita va amallarga o‘zaro bog‘liq, o‘zaro to‘ldiruvchi va o‘zaro ta’sir
qiluvchi choralarning yagona to‘plami sifatida qaralishini talab etadi. Axborot
xavfsizligiga tizimli yondashuvning asosiy tamoyillaridan biri – “aqliy yetuklik”
tamoyili hisoblanadi, uning mohiyati shundaki, hech qaysi holatda yuz foizli himoya
mavjud emas, shuning uchun himoyaning nazariy jihatdan erishish mumkin bo‘lgan
maksimal darajasiga emas, balki ayni hozirgi sharoitdagi ehtimoliy tahdidlarning
kamayishiga erishish uchun intilgan ma’qulroq.
Foydalanilgan manbalar ro‘yxati:
1. A.Abdullayev, M.Yusupov, S.Jamoldinov, B.Abdulxayev “Axborot
xavfsizligi asoslari” fanidan ma’ruzalar kursi. Andijon, 2005.
2.
Шербаков,
А.Ю.
Современная
компьютерная
безопасность.
Теоретические основы. Практические аспекты. М.: Книжный мир, 2009.
3. Поляков В.П. Практическое занятие по изучению вопросов
информационной безопасности/В.П. Поляков // Информатика и образование. -
2006.
4. Шаньгин, В.Ф. Защита компьютерной информации. Эффективные
методы и средства. М.: ДМК Пресс, 2008.