1
Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti
Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi
Qurolli kuchlar xizmatchisi Madumarova M.X.
AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA NAZORAT QILISH
MUAMMOLARI
Annotasiya. Maqolada axborot xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarning turlari,
axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari va metodlari keltirilgan.
Аннотация. В статье рассматриваются виды угроз информационной
безопасности, принципы и методы обеспечения информационной безопасности.
Annotation. This article is view the types of the threats to information safety,
principles and methods of the provision to information safety.
“...Takror bo‘lsa-da, aytmoqchiman - axborot olamida qandaydir devor
o‘rnatish, o‘z qobig‘iga o‘ralib, mahdudlikka yuz tutish yo‘li bizga aslo ma’qul emas.
Shu bilan birga, bugun yon-atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan
voqyealarni inobatga oladigan bo‘lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib
ulgarmagan yoshlarni chalg‘itishga qaratilgan g‘arazli kuchlar ham Internet
imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotgani va bunday
intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e’tibordan soqit
qilib bo‘lmaydi.”
Islom Karimov
Dunyo iqtisodiyotining hozirgi davrdagi rivoji bozor munosabatlarining axborot
oqimlaridagi kattagina hajmiga bog‘liq ekanligi bilan xarakterlanadi. Ma’lumotlar
oqimini himoyalash va ularni qayta ishlash va uzatishdagi axborot xavfsizligini
ta’minlash bilan bog‘liq muammolarning dolzarbligi yanada ortib bormoqda.
Axborotlarni himoyalash ko‘p sohali va kompleks muammo hisoblanadi. Elektronika
sohasi, axborotni qayta ishlash, saqlash va himoyalash texnik vositalarining hozirgi
paytdagi taraqqiyoti shiddatli tus olgan.
Axborot xavfsizligi tushunchasi axborot va infrastrukturaning axborot
munosabatlari subyektlari, shuningdek, axborot egalari va foydalanuvchilarining
infrastruktura tarkibiga noma’qul zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi
tasodifiy va qasddan qilingan urinishlardan himoyalanganligini anglatadi.
Axborot himoyasi haqida gapirar ekanmiz, biz uni saqlash borasida unga
noqonuniy kirish, uni o‘zgartirish, buzib talqin qilish yoki o‘chirishni bartaraf qilish
uchun texnik va tashkiliy choralarni nazarda tutamiz. Biroq shu qatorda, axborotga
boshqa qonuniy foydalanuvchilarning bemalol kirishlarini ta’minlash ham nazarda
tutiladi.
Axborot xavfsiziligi shaxsiy bo‘lishi bilan birga, tashkilot yoki davlatga tegishli
bo‘lishi ham mumkin.
2
Hozirda kompyuter texnologiyalari inson faoliyatining eng muhim sohalarida
qo‘llanilmoqda. Shuning uchun axborotni himoyalash zarur. Yangi kommunikatsiya
vositalaridan foydalanish bilan aloqani Internet o‘z ichiga olgan. Butunjahon axborot
tarmog‘i jadal sur’atlarda rivojlanmoqda, uning ishtirokchilari soni muntazam ortib
bormoqda. Axborot tarmoqda inson va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab
olgan. Foydalanuvchilar o‘zlari va faoliyatlarini shu vositaga ishonadilar. Biroq
kompyuter texnologiyalari sohasidagi ish tajribalarida Internet resurslaridan noto‘g‘ri
foydalanishga oid misollarni ko‘plab uchratish mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, kompyuter tarmoqlariga tahdidlarning asosiy sababi
– foydalanuvchilarning beparvoligi va tayyorgarligining sustligidir. Bu holat yosh
foydalanuvchilargagina emas, balki kompyuter xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar
uchun ham xos holat. Shu bilan birga sabab nafaqat ma’suliyatsizlikda, balki axborot
texnologiyalari sohasidagi xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning tajribasizligida
hamdir. Bu esa tarmoq texnologiyalari va Internet tarmog‘ining o‘zidagi bozor
munosabatlarining tezkor rivojlanishi bilan bog‘liq.
Axborot xavsizligi – ko‘p qirrali, hatto, faoliyatning ko‘p o‘lchamli sohasi, unda
faqat tizimli, kompleksli yondashuv samara berishi mumkin.
Axborot tizimlaridan foydalanuvchi subyektlar murojaatlarining spektrlarini
quyidagi toifalarga ajratish mumkin: axborot resurslari va infrastruktura tarkibining
ochiqligi, yaxlitligi va maxfiyligini ta’minlash. Ba’zan axborot xavfsizligining tashkil
etuvchi asosiy vositalar qatoriga axborotning tasdiqlanmagan nusxalaridan
himoyalash ham kiritiladi.
Ochiqlik (ruxsat etilganlik) – bu qulay vaqtda talab qilingan axborot xizmatini
olish imkoniyati.
Yaxlitlik tushunchasi deganda, axborotning dolzarbligi va ishonchliligi, uning
buzilishlar va ruxsatsiz o‘zgartirishlardan himoyalanganligi tushuniladi.
Maxfiylik – bu axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyadir. Axborot tizimlari
ma’lum axborot xizmatlarini olish uchun yaratiladi. Agar bu xizmatlarni
foydalanuvchilarga u yoki bu sabablarga ko‘ra taqdim etish mumkin bo‘lmay qolsa,
bu holat axborot munosabatlarining barcha subyektlari, ya’ni ishtirokchilariga zarar
keltirishi ayon. Shu sababli, boshqa jihatlarga kirishni man etmagan holda,
maxfiylikni axborot xavfsizligining muhim elementlaridan biri sifatida tushunish
mumkin.
Ayniqsa, ochiqlik (ruxsat etilganlik)ning asosiy o‘rni boshqaruv tizimlarining
ishlab chiqarish, transport kabi boshqa har xil turlarida yaqqol ko‘rinadi. Bu bir
qarashda unchalik jiddiy emasdek tuyuladi, ammo ham moddiy, ham ma’naviy
tarafdan g‘oyatda yoqimsiz oqibatlarni – axborot xizmatlaridan uzoq vaqt foydalana
olmaslik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin, bu xizmatlardan esa kishilarning
ko‘pchilik qismi foydalanadi (masalan, temir yo‘l va aviabiletlarning sotilishi, bank
xizmatlari).
Yaxlitlikni
statistik
(axborot
obyektlarining
o‘zgarmasligi
sifatida
tushuniladigan) va dinamik (murakkab amallarni odob doirasida bajarishga talluqli
3
bo‘lgan) jihatlarga ajratish mumkin. Dinamik yaxlitlikni nazorat qilish vositalari
moliyaviy xabarlar oqimini tahlil etishda o‘g‘irlik sodir bo‘lganligini aniqlash,
alohida xabarlarni qayta tartibga solish va dublikatini olish maqsadida qisman
qo‘llaniladi.
Axborot rahbariyat tomonidan ijroga kiritilib, xizmat qilsa, yaxlitlik axborot
xavfsizligining muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi. Dori-darmonlar retseptlari,
ko‘rsatilgan meditsina amaliyotlari, buyumlar to‘plamlari va xossalari, texnologik
jarayonlarning borishi – bularning barchasi yaxlitlikning buzilishi jiddiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin bo‘lgan axborotlarga misol bo‘ladi. Rasmiy axborotning,
masalan, biror buyruq matni yoki qaysidir hukumat tashkilotiga tegishli Web-server
sahifasining buzilishi ham ko‘ngilsiz holat, albatta.
Maxfiylik axborot xavfsizligi sohasining mamlakatimizda eng mukammal
o‘rganilgan jihati hisoblanadi. Afsuski, zamonaviy axborot tizimlarining maxfiyligini
ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishida jiddiy to‘siqlar ham
yo‘q emas. Birinchidan, axborot chiqib ketishining texnik kanallari haqidagi
ma’lumotlar yopiq, demak, ko‘pchilik foydalanuvchilar yashirin tahdidlar haqida
tasavvurga
ega
bo‘lish imkoniyatidan yiroq. Ikkinchidan, foydalanuvchi
kriptografiyasi oldida maxfiylikni ta’minlashning asosiy vositalari sifatida ko‘plab
qonuniy to‘siqlar va texnik muammolar turadi.
Agar turli toifalardagi axborot munosabatlari subyektlarining qiziqishlari
tahliliga qaytadigan bo‘lsak, u holda, axborot tizimlaridan muntazam foydalanuvchi
barcha subyektlar uchun axborotning ochiqligi (ruxsat etilganlik) birinchi o‘rinda
turadi. Amalda esa, muhimligi jihatidan yaxlitlik ochiqlikka o‘rnini bo‘shatmaydi –
agar axborot xizmatlarida noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, ulardan qanday naf
bo‘lishi mumkin?
Nihoyat, ko‘pchilik tashkilotlarda (ba’zi oliy o‘quv yurtlari o‘z xizmatchilariga
oid ma’lumotlarni oshkor etmaslikka harakat qiladilar) va ayrim foydalanuvchilar
orasida (parol qo‘yish) maxfiylikni uchratish mumkin.
Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy tamoyillari quyidagilar:
1. Ma’lumotlarning yaxlitligi va saqlanishini ta’minlash.
2. Axborotning maxfiyligiga rioya qilish.
3. Ruxsat etilgan foydalanuvchilarning barchasiga ular tomonidan olingan
ma’lumotlardan foydalanishdagi barcha jarayonlarni nazorat qilish sharti bilan
axborotning ochiqligi.
4. Tashkilotga zarur bo‘lgan ixtiyoriy vaqtda axborotga bemalol murojaat qilish.
5. Axborot tizimidan foydalanishning oddiyligi. Axborot xavfsizligining bu
tamoyili xatoliklarni kamaytirish uchun axborot tizimlaridan foydalanishda
oddiylikni ta’minlashni anglatadi. Axborot tizimlaridan foydalanish paytida
foydalanuvchi va administratorlar tasodifiy xatolarga yo‘l qo‘yadilar, ulardan
ayrimlari siyosiy talablarning bajarilmasligi va axborot xavfsizligi darajasining
pasayishiga olib kelishi mumkin. Agar administratorlar va foydalanuvchilar
tomonidan bajarilayotgan harakatlar qanchalik murakkab, chalkash va tushunarsiz
4
bo‘lsa, ular shunchalik ko‘p xato qiladilar. Axborot tizimlaridan foydalanishda
oddiylik noto‘g‘ri harakatlarning kamayishi uchun zarur shart hisoblanadi. Biroq,
axborot xavfsizligining ushbu tamoyili axborot tizimlarining tuzilishi va
vazifalarining susayishini anglatmaydi.
6. Barcha operatsiyalar ustidan nazorat o‘rnatish. Bu tamoyil axborot
xavfsiziligi holati va axborot xavfsiziligiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha jarayonlarni
to‘xtovsiz nazorat qilib borishni bildiradi. Noma’qul harakatlarni cheklash va
me’yoriy parametrlarni tezkor qayta tiklash imkoniyati bilan axborot tizimlarining
ixtiyoriy obyektiga kirishni nazorat qilish zarur.
7. Ruxsat etilmagan barcha harakatlar ta’qiqlanadi. Ushbu tamoyil axborot
tizimilarining qaysidir obyektiga kirish faqat mos qonuniyatlar mavjudligidagina,
masalan, biznes jarayon reglamentida yoki himoya dasturiy ta’minotining sozlash
mexanizmlarida amalga oshirilishi kerakligini anglatadi. Bunda axborot xavfsizligi
tizimining asosiy vazifasi qaysidir amalni ta’qiqlash emas, balki ruxsat etishdan
iborat bo‘ladi. Ushbu tamoyil faqat ma’lum bo‘lgan xavfsiz amallarni bajarishga izn
beradi, katta hajmni tashkil etganligi, axborot xavfsiziligini to‘liq va yetarli ravishda
ta’minlab bermasligi sababli ixtiyoriy tahdidni aniqlash bilan shug‘ullanishga ruxsat
bermaydi.
8. Axborot tizimlarining ochiq arxitekturaga egaligi. Axborot xavfsizligining bu
tamoyili xavfsizlik ta’minoti noaniqlikka asoslanmasligi zarurligidan iborat. Axborot
tizimini murakkab yo‘llar, axborot tizimining nozik taraflarini chalkashtirish va
yashirish orqali kompyuter tahdidlaridan himoyalashga urinishlar natijasi asossiz
bo‘lib, faqat xakerlar, viruslar va insayderlar hujumlarini kechiktirishi mumkin,
xolos.
9. Ruxsatni chegaralash. Axborot xavfsizligining ushbu tamoyili har bir
foydalanuvchiga axborotga va uni tashuvchi vositalarga kirish uning vakolati
bilangina amalga oshirilishini bildiradi. Bunda vakolat doirasidan chiqib ketishga
yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir rol, lavozim, foydalanuvchilar guruhi uchun axborot
tizimlarining ma’lum obyektlari ustida ishlashda (o‘qish, o‘zgartirish, o‘chirish)
alohida huquqlarni belgilab qo‘yish mumkin.
10. Kichik imtiyozlar. Kichik imtiyozlar tamoyili foydalanuvchiga dasturning
zarur funksional imkoniyatlariga kirishda eng kam huquqlar ajratib berishni nazarda
tutadi. Bunday cheklovlar ishlashda halal bermasligi lozim.
11. Yetarli darajadagi barqarorlik. Axborot xavfsizligining ushbu tamoyili
yashirin tahdid qiluvchilar to‘siqlarni ancha murakkab hisoblash masalalari tarzida
uchratishlari zarurligini ifodalaydi. Masalan, kirish uchun parolni sindirish xakerdan
vaqtning har xil bo‘lgan katta oraliqlari yoki hisoblashning juda tez bo‘lishini talab
etishi zarur.
12. O‘xshash qoidalarni kamaytirish. Axborot xavfsizligining ushbu tamoyili
axborot xavfsizligi tizimida bir necha foydalanuvchi uchun umumiy qoidalar
(masalan, bir xil parol kiritish kabi) bo‘lmasligi kerakligini bildiradi. Bunday holatda
xakerlar hujumining ehtimoli kam bo‘ladi.
5
Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligiga tahdidlar deganda, axborot
yaxlitiligining, maxfiyligining yoki ochiqligining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin
bo‘lgan yashirin ehtimoliy jarayonlar tushuniladi. Axborot xavfsizligiga
tahdidlarning asosiy manbalaridan biri “zararli dasturlar” nomini olgan maxsus
dasturlardan foydalanishdir.
Ishlash mexanizmiga ko‘ra zararli dasturlar to‘rt sinfga bo‘linadi:
1. Mantiqiy bombalar - bu hisoblash tizimlari (kompyuter tizimlari)da doimiy
joylashgan va ma’lum shartlar asosida bajariluvchi dasturlar yoki ularning qismlari.
2. Qurtlar – bu har safar tizimning yuklanish jarayonida bajariladigan dasturlar
bo‘lib, ular hisoblash tizimlari yoki tarmoq ichida o‘z joyini o‘zgartirish va o‘z
nusxasini yaratish qobiliyatiga ega.
3. Troyan otlari – bu foydalanuvchi dasturlariga buyruqlarni oshkora o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan olingan dasturlar. Foydalanuvchi dasturlarining
kelgusi safar ishlashida berilgan amallar qatorida noqonuniy, o‘zgartirilgan yoki
qandaydir boshqa yangi amallar bajariladi.
4. Kompyuter viruslari – bu kichik dasturlar bo‘lib, kompyuter ishga
tushirilgandan so‘ng o‘z nusxalarini yaratish orqali mustaqil ravishda tarqaladi,
ma’lum shartlarni bajarishda esa kompyuter tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kompyuter tizimlarida axborotni himoyalash kompleksli himoya tizimini
yaratish orqali ta’minlanadi. Kompleksli himoya tizimi quyidagi
Dostları ilə paylaş: |