Qirrali muskulning bosh qismi
(m. spinalis capitis) Yuqori Ko‗krak va bo‘yin
pastki umurtqasining qirralari o‘siqlaridan boshlanib, Yuqori tomonga ko‘tarilib ensa
suyagi do‘mbog‗iga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Ikki tomondan m.erector spinae qisqarsa, gavda tiklanadi. Bir
tomondagi muskul qisqarsa, umurtqa pog‗onasi bosh qisqargan tomonga buqiladi,
qovurg‗alar pastga tushadi.
I n n e r v a t s i y a s i: orqa miya nervlarining orqa tolalari (CIII–LII)dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores va a.cervicalis.
Medial tutam
bir qancha mayda muskullardan tuzilgan bo‘lib, m.erector spinae
ning ostida joylashgan.
Ko‟ndalang-qirrali muskul
(m. transversospinalis) umurtqalarning qirrali
o‘siqlariga yopishadi. Bu muskullar turlicha uzunlikka ega bo‘lganidan uch xil
292
muskul (yarim o‘tkir qirrali o‘siq muskuli, ko‘p tarmoqli muskul va buruvchi
muskul)larga bo‘linadi.
1
Umurtqalarning ko‟ndalang o‟siqlaridan boshlangan yarim o‟tkir qirrali
muskul
(m. semispinalis) Ko‗krak, bo‘yin va bosh qismlarga ajralib, Yuqoriga (4–6
umurtqalardan o‘tib) ko‘tarilib, o‘tkir qirrali o‘siqlarga yopishadi. Oxirgi bosh qismi
I–VII Ko‗krak va IV–VII bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlaridan boshlanib,
ensa suyagining Yuqorigi va pastki g‗adir-budur qirralarigacha ko‘tarilib yopishadi.
F u n k s i y a s i. Ikki tomonlama qisqarganda Ko‗krak va bo‘yin umurtqalarini
orqaga bukadi, boshni ushlaydi. Bir tomondan muskullar qisqarganda gavdani
qarama-qarshi tomonga buradi, natijada kalla ham qarama-qarshi tomonga buriladi.
I n n e r v a t s i y a s i: CIII–ThXII nerv tolalaridan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores, a. cervicalis profunda.
Ko‟p tarmoqli muskul
(mm. multifidi) umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlaridan
boshlanadi, Yuqoriga ko‘tarilib, 3–4 umurtqalardan o‘tib, o‘tkir qirrali o‘siqlarga
yopishadi.
Orqaning chuqur muskullari.
1 – m. semispinalis capitis; 2 – m. splenius capitis; 3 – m. serratus posterior
superior; 4 – m. splenius cervicis; 5 – m. iliocostalis thoracis; 6 – m. longissimis
thoracis; 7 – m. spinalis thoracis; 8 – m. latissimus dorsi (kesib ajratilgan); 9 – m.
obliquus externus abdominis; 10 – fascia thoracolumbalis (Yuza varag‗i); 11 – lig.
sacrotuberale; 12 – lig. sacrospinale; 13 – m. obliquus externus abdominis; 14 – m.
obliquus internus abdominis; 15 – m. serratus posterior inferior; 16 – mm.
intercostales externi; 17 – lig. nuchae
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
|