Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


MA‟RUZA 2.  Mavzu: Suyaklarning tuzili va rivojlanishining umumiy prinsiplari. Yoshga doir



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

MA‟RUZA 2. 
Mavzu: Suyaklarning tuzili va rivojlanishining umumiy prinsiplari. Yoshga doir 
hususiyatlari. 
Qo„l, oyoq va Chanoq suyaklarining funksional anatomiyasi. 
Kurak suyagi - scapula 
Kurak suyagi yassi, uch qirrali bo‗lib, II - VII qovurg‗alar soxasida joylashadi. 
Kurak suyagining quyidagi qirrlari bo‗ladi: Yuqori qirrasi margo superior; ichki 
qirrasi margo medialis; tashqi qirrasi margo lateralis. Kurak suyagining quyidagi 


59 
burchaklari bo‗ladi: Yuqori burchagi angulus superior; ostki burchagi angulus 
inferior; tashqi burchagi angulus lateralis. Kurak suyagining Yuqori qirrasi soxasida 
o‗yma incisura scapulae buladi. Kurak suyagining tashqi burchagi soxasida, yelka 
suyagi boshchasi kirib turadigan chuqurcha cavitas glenoidalis joylashadi. Bu bug‗im 
chuqurchasining atrofida kurak suyagining bo‗yin qismi collum scapulae bo‗ladi. 
Bug‗im chuqurchasining Yuqori qismida bo‗rtiq tuberculum supraglenoidale va bu 
chuqurchaning ostida bo‗rtiq tuberculum infraglenoidale ko‗rinadi. Bu bo‗rtiqlarga 
muskullar birlashadi. Kurak suyagi tashqi burchagining Yuqori qismida 
tumshuqsimon o‗simta processus coracoideus hosil bo‗ladi. Kurak suyagining ichki 
Yuzasi facies costalis deb atalib, fossa subscapularis chuqurchasidan hosil bo‗ladi. 
Kurak suyagining orka Yuzasi esa facies dorsalis ko‗ndalang joylashgan qirra spina 
scapulae vositasida ikki chuqurchaga ajraladi: qirraning ustida fossa supraspinata, 
qirra ostida esa fossa infraspinata joylashadi. Kurak suyagining kirrasi lateral tarafda 
akromial acromion o‗simta bilan yakunlanadi. Bu o‗simtada umrov suyagi bilan 
birlashadigan bug‗im Yuzasi facies articularis acromii bo‗ladi.
Yelka suyagi - humerus 
Yelka suyagi uzun naysimon suyaklar turkumiga kirib, ikki uchi va ular 
orasidagi tanasi corpus humeri bo‗ladi. Bu suyakning Yuqori uchida kurak suyagi 
bilan birikadigan boshchasi caput humeri, anatomik bo‗yin collum anatomicum 
qismi, muskullar birikadigan katta bo‗rtiq tuberculum majus, kichik bo‗rtiq 
tuberculum minus soxalari ko‗rinadi. Xar bir bo‗rtiqdan qirralar yo‗naladi: katta 
bo‗rtiqdan yo‗naluvchi qirra crista tuberculi majoris va kichik bo‗rtiqdan yo‗naluvchi 
qirra crista tuberculi minoris deb nomlanadi. Bu hosilalar orasida esa egat sulcus 
intertubercularis hosil bo‗ladi. Yelka suyagi Yuqori uchining tana qismiga o‗tish 
soxasi xirurgik bo‗yin collum chirurgicum deyiladi. Yelka suyagi tanasining lateral 
tarafida deltasimon mushak birikadigan bo‗rtiq tuberositas deltoidea hosil bo‗ladi. 
Uning orqasida esa tashqi tarafga yo‗nalgan bilak nervi egati sulcus nervi radialis 
hosil bo‗ladi. Yelka suyagining pastki uchida : bilak suyagi bilan bug‗im hosil 
etuvchi boshcha capitulum humeri, tirsak suyagi bilan bug‗im hosil etuvchi 
g‗altaksimon hosila trochlea humeri bo‗ladi. Shu soxaning oldingi Yuzasida bilak 
yag‗idan hosil bo‗lgan chuqurcha fossa radialis, tirsak suyagining tojsimon 
o‗simtasidan hosil bo‗ladigan chuqurcha fossa coronoidea, orqa Yuzasida esa tirsak 
suyagining o‗simtasi birikishidan hosil bo‗ladigan chuqurcha fossa olecrani bo‗ladi. 
Yelka suyagining pastki uchida bilak mushaklari birikadigan ichki o‗simta 
epicondylus medialis va tashqi o‗simta epicondylus lateralis bo‗ladi. Bilak soxasida 
ikkita naysimon suyaklar bo‗ladi : ichki medial tarafda tirsak suyagi ulna, tashqi 
lateral tarafda esa bilaksuyagi radius joylashadi. 
Tirsak suyagi - ulna 
Bu naysimon suyakning Yuqori uchida tirsak o‗simtasi olecranon, tojsimon 
o‗simta processus coronoidus, ular orasida esa elka suyagining g‗altagi bilan bo‗g‗im 
hosil etadigan uyma incisuratrochlearis bo‗ladi. Tashqi Yuza soxasida bilak 
suyagining boshchasi bilan bo‗g‗im hosil etadigan uyma incisura radialis joylashadi. 
Oldingi soxada muskul birlashadigan tirsak suyagining bo‗rtig‗i tuberositas ulnae 
bo‗ladi.
Tirsak suyagining tanasida oldingi qirra margo anterior, orqa qirra margo 
posterior va bilak suyagi tarafidagi qirra margointerossea bo‗ladi. Bu qirralar orasida 


60 
esa oldingi Yuza faciesanterior, orqa Yuza facies posterior, ichki Yuza facies 
medialishosil bo‗ladi. Tirsak suyagining pastki uchida : bigizsimon o‗simta 
processusstyloideus, boshcha caput ulnae va boshchadagi bug‗im Yuzasi 
circumferentia articularis, bo‗ladi.
Naysimon shaklidagi bilak suyagining Yuqori uchida : boshcha caputradii, 
tirsak suyagi bilan bug‗im hosil etuvchi acircumferentiaarticularis, yelka suyagi bilan 
bug‗im hosil etuvchi chuqurcha foveacapituli radii joylashadi. Boshchaning ostida 
bilak suyagining buyin qismi collum radii va mushak birikadigan bo‗rtiq tuberositas 
radii bo‗ladi. Bilak suyagining tanasida oldingi qirra margo anterior, orqa qirra margo 
posterior va tirsak suyagi tarafida suyaklararo kirramargo inferossea bo‗ladi. Bu 
qirralar orasida oldingi Yuza faciesanterior, orqa Yuza facies posterior, tashqi Yuza 
facies lateralis hosil bo‗ladi. Bilak suyagining pastki uchida bigizsimon o‗simta 
processusstyloideus, tirsak suyagi bilan bug‗im hosil etuvchi uyma incisuraulnaris, 
kaft usti suyaklari bilan bo‗g‗im hosil etuvchi Yuza faciesarticularis carpea bo‗ladi. 
Kaft suyaklari uch guruh suyaklardan : kaftning ustki qismidagi carpus, qo‗l kaftidagi 
metacarpus, qo‗l barmoqlarining ossa digitorum manus suyaklaridan tashkil topgan. 
Kaft usti suyaklari ikki qator bo‗lib joylashgan 8-ta suyaklardan iborat. Bilak 
suyaklariga yaqin qatorda quyidagi suyaklar joylashadi : qayiqsimon os 
scaphoideum, yarimoysimon os lunatum, uchqirrali os triquetrum, noxotsimon os 
pisiforme. Ikkinchi qatorda quyidagi suyaklar bo‗ladi : trapesiya os trapezium, 
trapesiyasimonos trapezoideum, boshchali os capitatum, ilmoqsimon os hamatum. 
Xar bir suyakda Yonidagi suyaklar bilan bug‗im hosil etuvchi Yuzalar bo‗ladi. Kaft 
usti suyaklariga mushaklar birikkanligidan bo‗rtiqlar tuberculum ossis scaphoidei, 
tuberculum ossis trapezii vailmoksimon suyakda ilmoq hamulus ossis hamati hosil 
bo‗ladi. Kaft usti suyaklarining kaft Yuzasida qayiqsimon suyakning vatrapesiya 
suyagining bo‗rtig‗idan tepalik eminentia carpi radialis hosil bo‗ladi. Ichki tarafdagi 
tepalik eminentia carpi ulnaris esanoxotsimon suyak bilan oksimon suyakning 
ilmog‗idan tashkil topadi. Bu ikki tepaliklar orasida kaft egati sulcus carpi hosil 
bo‗ladi. Ko‗l kaftidagi suyaklar metacarpus naysimon suyaklar guruhiga kirib, 
boshcha caput, tana corpus, asos qismidan basis tashkil topgan. Qo‗l barmoqlarining 
suyaklari ossa digitorum manus ketma-ket joylashadigan naysimon suyaklardan 
tashkil topib, proksimal phalanxproximalis, o‗rta phalaux media, tirnoq phalaux 
distalis falanglaridan tashkil topadi. Bosh barmok suyaklarida o‗rta falanga suyagi 
bo‗lmaydi.
Chanoq suyagi - os coxae labium externum cristae iliacae, 5 linea intermedia, 6 
- labium internum cristae iliacae, 7 - faciesglutea, 8 - spina iliacae anterior superior, 9 
- spina iliacae Chanoq suyagi, ximoya va tayanch vazifasini bajaradigan yassi 
suyaklar guruhiga kirib uch qismdan tashkil topgan: Yonbosh suyagi osilium, kov 
suyagi os pubis, o‗tirg‗ich suyagi os ishchi. 16 Yoshgacha bu suyaklar aloxida bo‗lib, 
uzaro tog‗aylar vositasida birikadi. Suyaklarning qo‗shilish soxasi, son suyagining 
boshchasi kirib turadigan sirka kosachasiga acetabulum tug‗ri keladi. Bu hosilaning 
tubida chuqurcha fossa acetabuli, yarimoysimon Yuza facies lunata va Yuza soxasida 
uyma incisura acetabuli ko‗rinadi. Xar bir suyakning sirka kosachasini hosil etishda 
qatnashadigan qismiga : Yonbosh suyagining tanasi corpus ossis ilii, kov suyagining 
tanasi corpus ossis pubis, o‗tirgich suyagining tanasi corpus ossis ischii 
deyiladi.Yonbosh suyagida tana qismidan tashqari, uning serbar qanot qismiala ossis 


61 
ilii bo‗ladi. Qanotning Yuqori qismi qirrani cristailiaca hosil etadi. Bu qirraga 
qorinning serbar mushaklari birikadi. Shu sababdan qirraning tashqi chekkasiga 
labium externum cristaeiliaca, ichki chekkasiga labium internum cristae iliaca va ular 
orasidagi chiziqqa linea intermedia deyiladi. Yonbosh suyagining qirrasi oldingi 
tarafda oldingi Yuqorigi o‗simta spina iliaca anterior superior va oldingi ostki 
o‗simtaspina iliaca anterior inferior bilan tugaydi. Yonbosh suyagining orqa soxasi 
esa orqaning Yuqorigi o‗simtasispina iliaca posterior superior va orqaning ostki 
o‗simtasi spina iliaca posterior inferior bilan yakunlanadi. 
Yonbosh suyagining tashqi Yuzasida Chanoqning dumba mushaklari 
birikishidan chiziqlar linea glutea anterior, linea glutea posterior hosil bo‗ladi. 
Yonbosh suyagining ichki Yuzasida esa chuqurcha fossa iliaca bo‗ladi. Yonbosh 
suyagining , dumg‗aza suyagi bilan birikish soxasida quloqsimon bo‗g‗im Yuzasi 
facies auricularis, uning ustida esa bo‗rtiq tuberositas iliaca bo‗ladi. Yonbosh 
suyagining ichki Yuzasida, quloqsimon Yuza soxasidan kov suyagi tomoniga 
yo‗nalgan, katta va kichik Chanoqlarning chegarasi bo‗lib xisoblangan hosila linea 
arcuatabuladi. Chanoq suyagining oldingi qismida joylashgan kov suyagi os pubis, 
tana qismidan tashqari Yuqori shox ramus superior ossis pubis va pastki shox ramus 
inferior ossis pubis qismlaridan tashkil topgan. Ikki tarafdagi kov suyaklarining 
o‗zaro birikish Yuzalari facies symphysialis deyiladi. Kov suyagining Yuqori 
qismida bo‗rtiq tuberculum pubicum, qirra pecten ossis pubis, Yonbosh suyagi bilan 
birikish soxasida esa tepalik eminentia iliopectenea bo‗ladi. Utirgich suyagi os ischii 
tana qismidan tashqari Yuqori shoxiramus superior ossis ischii, pastki shoxi ramus 
inferior ossisischii qismlaridan iborat. Bu shoxlarning o‗zaro qo‗shilish soxasida 
burtiq tuber ischiadicum hosil bo‗ladi. O‗tirgich suyagining Yuqori shoxi o‗tirgich 
suyagining o‗simtasi spina ischiadica bilan tugaydi. Bu o‗simtadan Yuqorida katta 
o‗tirgich o‗ymasi incisura ischiadicamajor, o‗simtaning ostida esa kichik o‗tirgich 
o‗ymasi incisura ischiadica minor joylashadi. Sirka kosachasining ostida o‗tirgich 
suyagi bilan kov suyagining orasida yopqich teshigi foramen obturatum hosil bo‗ladi. 
Chanoq suyagining ichki Yuzasida, yopqich teshigining Yuqori qismida egat sulcus 
obturatorius joylashadi.
Ikki Chanoq suyagining dumg‗aza suyagi bilan va o‗zaro birikishidan Chanoq - 
pelvis – bo‗shlig‗i hosil bo‗ladi. Bu bushlik Yuqorida joylashgan katta Chanoq 
bo‗shlig‗idan - pelvis major va pastki soxadagi kichik Chanoq bo‗shlig‗idan - pelvis 
minor - tashkil topadi. Kichik vakatta Chanoqlar orasidagi chegarani linea terminalis 
chizig‗i tashkil etadi. Bu chegara quyidagi hosilalardan tashkil topadi : 1) V bel 
umurtqasi va dumg‗aza suyaklari orasidagi bo‗rtik - promontorium; 2) Yonbosh 
suyagidagi linea arcuata chizig‗i; 3) kov suyagining qirrasi va shu suyaklar 
qo‗shilishidan hosil bo‗lgan simfizisning Yuqori Yuzasidan hosil bo‗ladi. Chegara 
soxasida hosil bo‗lgan kichik Chanoqqa kirish teshigi - apertura pelvis superior 
deyiladi. Kichik
Chanoq bo‗shlig‗ining ostki qismida pastki Chanoq teshigi - apertura 
pelvisinferior hosil bo‗ladi. Chanoq o‗lChovlari amaliyotda katta axamiyatga ega 
bo‗ladi.Chanoqning ichki o‗lChovlarini o‗tkazish murakkab bo‗lganligidan, 
Chanoqning tashqi o‗lChovlari o‗tkaziladi (ulchanadi).
I.
Distantia cristarum - ikki tarafdagi Yonbosh suyaklar qirralari crista iliaca 
orasidagi masofa - 28-29sm.


62 
II.
Distantia spinarum - Yonbosh suyaklarning oldingi Yuqorigi o‗siklari 
spina iliaca anterior superior orasidagi masofa 25-27sm.
III.
Distantia trochanterica - son suyaklarining katta kust trochanter major – 
o‗simtalari orasidagi masofa - 30-32sm.
IV.
Conjugata externa - Chanoqning tashqi to‗g‗ri o‗lChovi bo‗lib, kov 
suyaklari orasidagi simfizni hosil etuvchi tog‗ay bilan dumgazaning orqa chukurchasi 
(dumgaza suyagining ustki qirrasi bilan V bel umurtqasining qirrali o‗simtasining 
orasida) orasidagi o‗lChov 20sm.
V.
Conjugata vera - xaqiqiy (ichki) tug‗ri o‗lChovni aniqlash uchun: tashqi 
tug‗ri o‗lChovdan (conjugata externa dan ), suyak va tuqima qalinligiga tug‗ri 
keladigan 8-9 sm ni chiqarib tashlash kerak. Conjugata vere : 11sm ga teng bo‗lib, 
kov suyaklari orasidagi simfiziz tog‗ayi bilan, dumgaza suyagining uchidagi dum 
umurtkalari orasidagi masofani tashkil etadi. 
VI. Kichik Chanoq bushlig‗iga kirish teshigining ko‗ndalang o‗lChovini(14-
15sm ga teng) aniklash uchun : distantia cristarum o‗lChovini ikkiga bo‗lish kerak, 
yoki 14-15sm ni chiqarib tashlash kerak.
VII. Kichik Chanoq bo‗shlig‗ining chiqish teshigining ko‗ndalang o‗lChovini 
aniqlash uchun : ikki o‗tirgich suyaklarining dumboqlarining ichki Yuzasi orasidagi 
masofa (9, 5 sm) o‗lchanadi. Bu o‗lChovga tuqima qalinligi (1-1, 5 sm) qo‗shilsa: 
kichik Chanoqdan chiqish teshigining ko‗ndalang o‗lChovi (11 sm) hosil bo‗ladi. 
VIII. Kichik Chanoq bushlig‗idan chiqish teshigining to‗g‗ri o‗lChovi (9-
11sm) dum suyagi bilan kov suyaklar orasidagi simfiz togayiningpastki Yuzasi 
orasidagi masofadan (12-12, 5 sm) - tuqimaga tug‗ri kelgan 1, 5 sm chiqarib tashlash 
bilan aniqlanadi.
Son suyagi – femur. Son suyagi naysimon suyaklar guruhiga kirib, uning 
Yuqori uchida boshcha caput femoris, boshcha Yuzasidagi chuqurcha fovea capitis 
femoris, bo‗yin qismi collum femoris bo‗ladi. Bo‗yin qismining tanaga o‗tish 
soxasida mushaklar birikadigan katta kust trochanter major, kichik kust trochanter 
minor burtiqlari bo‗ladi. Katta kust orka Yuzasining Yuqori qismida urchafossa 
trochanterica bo‗ladi. Xar ikkila kustlar orasida oldingi soxada linea 
intertrochanterica, orqa soxasida esa crista intertrochanterica qirrasi bo‗ladi. Son 
suyagi tanasining Yuqori qismi orqa Yuzasining tashqi tarafida mushaklar 
birikadigan bo‗rtiq tuberositas glutea, ichki tarafida esa linea pectenea hosil bo‗ladi. 
Son suyagi tanasining orqa Yuzasidagi linea aspera chizig‗i ikkiga : ichki labium 
mediale lineae asperae va tashqi labium laterale lineae asperae chiziqlarga ajraladi. 
Bu chiziqlar orasida takim Yuzasi facies poplitea hosil bo‗ladi. Son suyagining pastki 
uchida ichki do‗ngsimon o‗simta condylusmedialis va tashqi do‗ngsimon o‗simta 
condylus lateralis bo‗ladi. Do‗ngsimon o‗simtalarning Yuqorisida epicondylus 
medialis va epicondylus lateralis o‗simtalari bo‗ladi. 
Xar ikkala do‗ngsimon o‗simtalarning oldingi Yuzasida tizza qopqog‗i suyagi 
bilan birikadigan Yuza facies patellaris, orqa soxasida esa chuqurcha fossa 
intercondylaris hosil bo‗ladi.
Tizza kopkogi suyagi - patella 
Tizza qopqog‗i suyagi sonning to‗rt boshli muskuli payining ichida joylashgan 
sesamasimon suyak turkumiga kiradi. Bu suyakning Yuqori qismida asosi basis 


63 
patellae, pastki qismida esa uchi apex patellae, orqa soxasida bug‗im Yuzasi facies 
articularis bo‗ladi.
Boldir suyaklari 
Boldir soxasida ikkita suyak joylashadi. Ichki tarafda katta boldir suyagi tibia, 
tashqi tarafda kichik boldir suyagi fibula joylashadi.
Katta boldir suyagi - tibia 
Katta boldir suyagining Yuqori uchida ichki do‗ngsimon o‗simta condylus 
medialis, tashqi dungsimon o‗simta condylus lateralis bo‗ladi. Bu o‗simtalarning 
ustki bug‗im Yuzasi facies articularis superiorda ichki burtiq tuberculum 
intercondylare mediale, tashqi bo‗rtiq tuberculum intercondylare laterale bo‗ladi. Bu 
bo‗rtiqlardan hosil bo‗lgan tepalik eminentia intercondylaris deb atalib, uning oldingi 
Yuzasida chuqurcha area intercondylaris anterio va orqa Yuzasida chuqurcha area 
intercondylaris posterior bo‗ladi. Tashqi do‗ngsimon o‗simta ostining, kichik boldir 
suyagi bilan birikish soxasida bug‗im Yuzasi facies articularis fibularis hosil bo‗ladi. 
Katta boldir suyagining Yuqori uchining, tanasiga o‗tish soxasining oldingi Yuzasida 
mushak paylarining birikishidan bo‗rtiq tuberositas tibiae hosil bo‗ladi. Katta boldir 
suyagining tanasida oldingi qirra margo anterior, ichki qirra margo medialis va kichik 
boldir suyagiga karaga kirra margo interossea bo‗ladi. Bu qirralar orasida esa ichki 
Yuz facies medialis, tashqi Yuza facies lateralis, orqa Yuza facie posterior hosil 
bo‗ladi. Katta boldir suyagining pastki uchida ichk tupik malleolus medialis, tashqi 
Yuzasida esa kichik boldir suyag bilan birlashadigan uyma incisura fibularis bo‗ladi. 
Katta boldir suyagining ostki Yuzasida oshiq suyagi bilan bug‗im hosil etadigan Yuz 
facies articularis inferior bo‗ladi. Kichik boldir suyagi fibula, (grekcha - perone). 
Naysimon shakldagi suyaklar guruhiga kirib, Yuqori uchida boshcha caput fibulae, 
boshchaning uchi apex capitis fibulae, katta boldir suyagi bilan bo‗g‗i hosil etuvchi 
Yuza facies articularis capitis fibulae bo‗ladi. Kichik boldir suyagining tanasida 
oldingi qirra margo anterior, orqa qirra margo posterior, katta boldir suyagi 
tomonidag suyaklararo qirra margo interossea bo‗ladi. Bu qirralar orasid ichki Yuza 
facies medialis, tashqi Yuza facies lateralis va ork Yuza facies posterior bo‗ladi. 
Kichik boldir suyagining pastki uchida lateral tupik malleolu lateralis, katta boldir 
suyagi bilan bug‗im hosil estuvchi Yuza facies articularis malleoli bo‗ladi. 
Oyoq panjasi suyaklari - ossa pedis 
Oyok panjasi uch guruh suyaklardan tashkil topadi : oyok panjasining kaft usti 
suyaklari tarsus, kaft suyaklari metatarsus, barmoq suyaklari phalanges digitorum 
pedis. Oyok panjasining kaft usti suyaklari ikki qator suyaklarda tashkil topgan : 
birinchi qatorda tovon suyagi calcaneus, oshiq suyagi talus joylashadi; ikkinchi 
qatorning ichki tarafida qayiqsimon suyak os naviculare, ichki ponasimon suyak os 
cuneiforme mediale, o‘rta simon suyak os cuneiforme intermedium, Yon ponasimo 
suyak os cuneiforme laterale bo‗ladi. Ikkinchi qatorning lateral qismi kubsimon 
suyakdan os cuboideum hosil bo‗ladi.Oshiq suyagida tanasi corpus tali, buyincha 
qismi collum tali, boshchasi caput tali, qayiqsimon suyak bilan bug‗im hosil etuvchi 
Yuza facies articularis navicularis bo‗ladi. Oshiq suyagi tanasining Yuqori qismida 
g‗altaksimon hosila trochlea tali va unin Yuqori bugim Yuzasi facies superior 
bo‗ladi. G‗altaksimon hosilanin ikki Yon soxalari tupiqlar bilan birikkanligidan 
bug‗im Yuzalar facies malleolares medialis et lateralis bo‗ladi. Tovon suyagining 
orqa Yuzasi soxasida bo‗rtiq tuber calcanei, kubsimon suyak bilan bugim hosil 


64 
etuvchi Yuza facies articulari cuboidea, oshiq suyagi bilan bug‗im hosil etuvchi 
Yuzalar facies articularis talaris anterior, media et posterior bo‗ladi. Oyok 
panjasining kaft usti suyaklarida Yonidagi suyaklar bila birikuvchi bug‗im Yuzalar, 
burtiqlar tuberositas ossis naviculare, tuberositas ossis cuboidei buladi. Oyoq 
panjasining kaft suyaklari metatarsus naysimon shaklidagi suyaklar guruhiga kirib, 
uning asosi basis, tanasi corpus, boshchasi caput dan iborat. Birinchi kaft suyagida 
bo‗rtiq tuberositas ossis metatarsali I va beshinchi kaft suyagida bo‗rtiq tuberositas 
ossis metatarsali V bo‗ladi. Oyoq barmoqlari uch guruh falang suyaklaridan hosil 
bo‗ladi: proksimal barmoqlar phalanx proximalis, o‗rta falang phalanx media, tirnoq 
falangalari phalanx distalis. Bosh barmoqda o‗rta falang suyagi bo‗lmaydi. Falang 
suyaklarida boshchasi caput, asosi basis bo‗ladi.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin