58
joylashib turgan o‗rni yoki ularning alohida qismlarini a‘zolarga nisbatan o‗rganishda
kupincha anatomiyada mavjud bo‗lgan uchta: sagittal, frontal va gorizontal sathdan
(odamning tikka turgan holatida) foydalaniladi.
1. Sagittal sath - odam tanasining oldindan orka
tomonga qaratib boshidan
oxirigacha vertikal (tikka) kesilishi natijasida hosil bo‗ladi. Agar sagittal sathi
muzlatilgan murdaning qoq o‗rta qismidan uni teng ikkita - ung va chap nimtalarga
ajratilsa, o‗rta (mediana) sath hosil bo‗ladi.
2. Frontal (fronds - peshona) sath sagittal sathga nisbatan
tugri burchak hosil
qilib yoki aniqrog‗i odam peshonasiga parallel holatda o‗tkazilgan Yuzadan vujudga
keladi.
3. Gorizontal sath - fazo (gorizontal) ga parallel yoki sagittal holda frontal
satxlariga tug‗ri burchak hosil qilib o‗tkazilgan Yuzadan hosil bo‗ladi. Odam
organizmini va uning alohida qismlarini o‗rganishda, a‘zolarni tekshirishda ana shu
Yuqorida ko‗rsatilgan uchta Yuza (satg‗) dan keng foydalaniladi.
Yuqorida baYon
etilgan satxlarga nisbatan joylashgan a‘zolarni aniqlashda aloxida atamalar
Kullaniladi: Masalan, o‗rtalik - medialis yoki medius – o‗rta deb ataladigan bo‗lsa,
Yonboshi - lateralis, oldingisi - anterior, koringa yaqinroq joylashgan bo‗lsa - ventral
(venter - korin) so‗zlari bilan ataladi. Bundan tashqari, o‘rka tomonni - posterior yoki
dorsal (dorsum - orka), tananing Yuqorisiga yaqinroq bo‗lsa Yuqori superior yoki
kranial (cranium - kalla),
aksincha, pastki tomonida bulsa - inferior (kuyi) yoki
kaudal (cauda - dum), tana suzi esa korpus (corpus) nomi bilan ataladi.
Qul va oyoklarga nisbatan kuyidagi atamalarni qo‗llash mumkin. Jumladan
qo‗l hamda oyoklarning Yuqori qismi yoki tanaga yaqin joylashgan bo‗lagi –
ko‗lning boshlaniq joyi proksimalis (proximalis) deyilsa, tanadan uzoqroq bo‗lagi
distalis (distalis) deb ataladi. Masalan, oyokning tizza kdsmi panjalariga nisbatan
proksimal bo‗lsa, panjalarning o‗zi tizzaga nisbatan distal joylashgan.
Agar a‘zolarning bir-biriga o‗xshash qismlari mavjud bo‗lsa,
u xolda bir-
biridan kattaroq (major) yoki kichikroq (minor), katta (magnus) yoki kichik (parvus)
atamalari qo‗llaniladi.
Odam organizmidagi ba‘zi bo‗shliqlarni yoki alohida a‘zolarning joylashish
urnini aniqroq ko‗rsatish maqsadida sirtqi (externus), ichki (internus) yoki Yuza
(superficialis), chukurroq (profundus) atamalari ishlatiladi va hokazo. Odam
organizmini o‗rganishda qo‗llaniladigan boshqa atamalar tug‗sida a‘zolarning,
jumladan, suyak va boylamlar yoritilgan qismlar daularning ma‘no
va iboralari
xususida batafsil tuxtalib otamiz.
Dostları ilə paylaş: