Bo‘yinning Yon muskullari.
1–glandula parotis; 2–m. masseter; 3–m. digasticus payi; 4–m.mylohyoideus; 5–
m.digastricus (venter posterior);
6-os.hyoideum;7–m. thyrohyoideus; 8–m.
constrictor pharyngis inferior; 9–m. omohyoideus (venter superior); 10–m.
sternohyoideus; 11–m. sternocleidomastiodeus; 12–m. pectoralis major; 13–m.
deltoideus; 14–m. trapezius; 15–m. omohyoideus (venter anterior); 16–m. scalenus
posterior; 17–m. scalenus medlus; 18–m. scalenus anterior; 19–m. levator scapulae;
20–m. splenius capitis; 21–m. hyoglossus; 22–m. digastricus (venter posterior); 23–
m. stylo hyoideus; 24–venter occipitalis (m. occipitofrontalis).
TIL OSTI SUYAGIGA BIRIKUVCHI MUSKULLAR Til osti suyagiga birikuvchi (o‘rta guruh) muskullar ikki xil joylashgan. Bir
guruh muskullar til osti suyagidan Yuqori sohada bo‘lsa, ikkinchi guruh til osti
suyagidan pastda joylashadi.
Til osti suyagidan Yuqorida quyidagi muskullar joylashgan:
Jag‗-til osti muskuli (m. mylohyoideus) keng plastinka holatida, muskul tolalari
esa Yuqoridan pastga qarab parallel joylashadi. Ikki tomondagi muskul bo‘yinning
o‘rta chizig‗ida uchrashib, og‗iz bo‘shlig‗i tubini hosil qiladi. Bu muskul pastki
jag‗ning ichki Yuzasi – linea mylohyoides dan boshlanib, til osti suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Pastki jag‗ qimirlamay turganda til osti suyagi va hiqildoqni
ko‘taradi. Til osti suyagi va hiqildoq qimirlamaganda pastki jag‗ni pastga tushiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. mylohyoideus (n. alveolaris inferior tarmog‗i) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. sublingualis, a. submentalis.
Ikki qorinli muskul (m. digastricus) ning oldingi qorinchasi (venter anterior)
pastki jag‗ suyagining ichki Yuzasida fossa digastrica dan, orqa qorinchasi venter
posterior Chakka suyagining so‘rg‗ichsimon o‘sig‗i o‘ymasi – incisura mastoidea dan
boshlanib, o‘zaro pay orqali birlashadi. Ikki qorinli muskul shu pay vositasida til osti
suyagiga yopishadi.
I n n e r v a t s i y a s i: orqa qorinchasi – r. digastricus n. facialis dan, old
qorinchasi n.mylohyoideus, n. alveolaris interior tarmog‗idan.
Q o n t o m i r l a r i: old qorinchasi a. submentalis, orqa qorinchasi a. occipitalis.