Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

“S” simon ichak
(colon sigmoideum) tushuvchi chambar ichakning chap 
Yonbosh chuqurchasidan boshlanib, kichik Chanoq bo‘shlig‗ida to‘g‗ri iChakka o‘tib 
ketadi. Bu yerda uzunligi 10–12 sm bo‘lgan ―S‖ simon ichak qorin parda bilan 
hamma tomondan o‘ralgan, ichak tutqichi (mesocolon sigmoideum) bor. Ichak chap 
siydik yo‘li, chap Yonbosh arteriyasi va venasi bilan kesishib joylashgan.
To‟g„ri ichak
(rectum, 132) yo‘g‗on ichakning oxirgi qismi bo‘lib, ―S‖ simon 
ichakdan III dumg‗aza umurtqasi ro‘parasida boshlanib, orqa teshik (anus) bilan 
tashqariga ochiladi. To‘g‗ri ichakda tasmalar, yog‗li o‘simta va turtib chiqqan 
pufakchalar bo‘lmaydi. To‘g‗ri ichak nomiga yarasha juda ham to‘g‗ri emas, u ikkita 
bukilma hosil qiladi. Birinchi bukilma dumg‗aza suyagiga, ikkinchisi dum suyagining 
shakliga moslashib paydo bo‘ladi. 
132.
To‘g‗ri ichakning shilliq qavati. 
1–plica transversalis; 2–plica transversalis; 3–peritoneum; 4–tunica muscularis; 
5–tunica mucosa; 6–plica transversalis; 7–ampulla recti; 8–m. sphincter ani internus; 
9–m. sphincter ani externus; 10–integumentum communae; 11–sinus ani; 12–canalis 
analis; 13–zona hemorrhoidalis; 14–columnae anales; 15–m. levator anales; 16–
folliculi lymphatici. 


363 
To‘g‗ri ichakning Yuqori qismi – Chanoq bo‘lagi birmuncha kengaygan 
(ampulla recti), diametri to‘lib turganda 6–8 sm gacha bo‘ladi. Oxirgi orqa teshikka 
yaqin qismi ancha toraygan. To‘g‗ri ichakning ichki tomonida shilliq parda 
ko‘ndalang burma hosil qiladi. Shilliq pardada yo‘g‗on ichakning bosh qismlariga 
o‘xshash shilliq bezlari, yakka-yakka joylashgan limfa tugunlari uchraydi. Shilliq osti 
qavati yaxshi rivojlangan. Shuning uchun shilliq parda harakatchan bo‘lib, ichakning 
tashqi teshikka yaqin qismida uzunasiga yo‘g‗on burmalar paydo qiladi. Bular pastga 
tushgan sari bir-biri bilan qo‘shilib joylashadi. Bu zonada vena qon tomirlari juda 
yaxshi rivojlangan bo‘lib, vena chigalini hosil qiladi. Ba‘zida bu venalar kengayib, 
bavosil kasalligini paydo qilishi mumkin. 
Muskul parda to‘g‗ri ichakda tashqi uzunasiga va ichki aylanasiga joylashgan 
qavatlardan tuzilgan. Aylanasiga joylashgan muskul tolalari orqa teshik sohasiga 
kelgach zichlashib, ichki qisqich – m. sphincter ani internus ni hosil qiladi. Bundan 
tashqari, tashqi teshik atrofida ixtiyoriy halqa muskul tolalaridan tuzilgan tashqi 
qisqich – m. sphincter ani externus bo‘ladi. Shilliq qavatning muskul halqalari 
qalinlashuvidan hosil bo‘lgan uchinchi qisqich orqa teshikdan 10 sm Yuqorida 
joylashgan. 
To‘g‗ri ichakning Chanoq bo‘lagi erkaklarda oldindan qovuqqa, urug‗ 
pufakchalari, prostata bezi va urug‗ tashuvchi tizimchaga tegib turadi. Ayollarda esa 
to‘g‗ri ichak bachadon, pastroqda qindan, oraliq bo‘shlig‗i va unda joylashgan 
biriktiruvchi to‘qima bilan ajralib turadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin