Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

ko‟richak
(caecum) yo‘g‗on ichakning boshlang‗ich qismi bo‘lib, 
uzunligi 6 sm, diametri 7–8 sm gacha. Ko‘richak o‘ng tarafdagi Yonbosh 
chuqurchada joylashgan, uning Yonbosh iChakka qo‘shilgan joyida Yuqori va pastki 
labdan tuzilgan qopqoq – valva ileocaecalis bo‘ladi. Bu qopqoq ko‘riChakka qarab 
ochilganida ovqat ingichka ichakdan yo‘g‗on iChakka bemalol o‘tadi. Aksincha 
ko‘richakdan ingichka iChakka qaytib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
 
Ko‘richakning shilliq qavati. 
1–tenia libera; 2–haustra coli; 3–frenulum vulvae ileocaecalis; 4–caecum; 5–
ostium appendicis vermiformis; 6–appendix vermiformis; 7–mesoappendix; 8–
appendix vermiformis ga kiritilgan zond; 9–intestinum ilium; 10–valva ileocaecalis; 
11–plica semilunaris coli; 12–appendix epiploicae. 


361 
Ko‘richakning orqa tomoni Yonbosh va katta bel muskullari ustida joylashgan 
bo‘lib, old tomondan qorin oldingi devorining ichki Yuzasiga tegib turadi. Qorin 
parda ko‘pincha ko‘richakni hamma tomondan (10 foiz odamlarda qorin parda 
ko‘richakni uchta tomondangina o‘raydi) o‘raganiga qaramasdan, uning ichak 
tutqichi bo‘lmaydi. Odamda ko‘richakning joylashishi turlicha bo‘lib, u pastda, 
kichik Chanoqqa kirish qismida, yoki Yuqorida, oldingi Yonbosh o‘tkir o‘simtasidan 
Yuqorida bo‘lishi mumkin. Ko‘richakning orqa medial sirtida chambar ichakning 
uchchala tasmalari bir nuqtaga yig‗iladi va xuddi shu yerdan chuvalchangsimon 
o‘simta boshlanadi.
Ko‘richakning pastki Yuzasidan chuvalchangsimon o‘simta (appendix 
vermiformis) o‘sib chiqqan. O‘simta 3–6, ba‘zida esa 18–20 sm bo‘ladi. Devori 0,5–1 
sm, ichi esa juda tor (3–4 mm) tuzilgan, u ko‘richak bo‘shlig‗idan shilliq qavatdan 
tuzilgan burma orqali ajralgan. Chuvalchangsimon o‘simta, odatda, kichik Chanoq 
bo‘shlig‗iga osilgan holatda joylashgan. Ba‘zan o‘simta ko‘richakning orqa tomonida 
uchi tepaga qarab joylashgan bo‘ladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin