432
ophtalmica ni beradi, so‘ngra miyaning qattiq va to‘rsimon pardalarini teshib,
ponasimon suyak egatchasi orqali o‘tadi va bir qancha tarmoqlar beradi:
1. U y q u-n o g‗ o r a b o‘ sh l i g‗ i t a r m o q l a r i (aa. caroticotympanicae)
nog‗ora bo‘shlig‗iga tarqaladi.
2. K o‘ z k o s a s i a r t e r i y a s i (a. ophtalmica)
ichki uyqu arteriyasidan
ajraladi, so‘ngra ko‘ruv kanali orqali ko‘z kosasiga kiradi va bir qancha tolalar
beradi:
a) ko‘z Yoshi beziga a. lacrimalis ni beradi. Bu arteriyadan ko‘z qovoqlarining
lateral qismiga tolalar ajraladi.
b) ko‘z soqqasining kiprikli tanasiga boruvchi tolalar – aa. siliares posteriores
longae et breves.
d) to‘r pardaning markaziy arteriyasi (a. centralis retinae) ko‘rish nervi tarkibida
to‘r pardaga borib tarqaladi.
e) muskul arteriyasi (aa. musculares) ko‘z soqqasining Yuqori, to‘g‗ri va qiyshiq
muskullariga tarqaladi.
f) g‗alvirsimon suyakning orqa va oldingi arteriyalari (a. ethmoidalis posterior et
anteriores) g‗alvirsimon suyak kataklari shilliq qavatiga tarqaladi. A. ethmoidalis
anterior – o‘zidan miya pardasining oldingi arteriyasi (meningea anterior)ni beradi.
Bu arteriya miya bo‘shlig‗iga kirib miya qattiq pardasiga tarqaladi.
g) oldingi kiprikli tana arteriyalari (aa. ciliares anteriores) to‘r tanaga, qovoq
shilliq pardasiga tarqaladi.
Bundan tashqari, qovoqlarning medial qismiga va burun
qirrasiga ham tolalar beradi.
3. M i y a n i n g o l d a r t e r i y a s i – a. cerebri anterior – a. carotis interna va
ko‘z arteriyasidan chiqib birlashuvchi oldingi arteriya, a. communicans anterior
orqali ikkinchi tomondagi shunday arteriya bilan anastomozlashadi. So‘ngra
miyaning qadoqsimon tanasini aylanib, miya yarim
sharining sathiga va ensa
bo‘lagiga tarqaladi.
4. M i y a n i n g o‘ r t a a r t e r i y a s i (a. cerebri media) ichki uyqu
arteriyasining davomi va uning eng yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, lateral tomondan
Silviy chuqurchasi orqali miya orolchasiga borib tarqaladi. Miya o‘rta arteriyasi
oxirgi tarmoqlari orolchani, yarim sharning Chakka, peshona va tepa bo‘lagini qon
bilan ta‘minlaydi.
5. T o m i r l a r ch i g a l i a r t e r i y a s i – a. choroidea a. carotis interna dan
chiqib, Yon qorinchaning Chakka bo‘lagini va uchinchi
qorinchaga kirib tomirlar
chigalini hosil qiladi va miya yarim sharlarining kulrang va oq moddalariga, ko‘rish
tepaligiga tolalar beradi.
6. O r q a d a g i b i r l a sh t i r u v ch i a r t er i y a (a. communicans posterior)
ichki uyqu arteriyasidan chiqib, miyaning orqa arteriyasi bilan anastomozlashadi.
Doiraviy arterial anastomoz – circulus arteriosus cerebri (willisii) – chap va o‘ng
tomondagi miya old arteriyalari (a. cerebri anterior) ni o‘zaro birlashtiruvchi arteriya
(a. communicans anterior), orqa tomondan umurtqa arteriyasi tarmoqlari o‘ng va
chap tomondagi miya orqa arteriyasi (a. cerebri posterior) a. communicans posterior
lar a. carotis interna ning eng yirik tarmoqlari (a. cerebrimedia) bilan qo‘shilishi
natijasida bitta doiraviy arterial anastomoz (arteriya halqasi) vujudga keladi. Bu
arteriyalar halqasi bosh miyaning asosida, o‘rgimchak iniga o‘xshash parda ostida
433
joylashgan turk egari atrofini gardish bilan o‘rab turadi. Bu doiraviy arteriya
anastomozi miyani qon bilan ta‘minlashda, jarrohlikda muhim vazifani bajaradi.
Dostları ilə paylaş: