45
Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir nazorat
turidan (JB, OB, TMI, YAB) belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan
ballari
yig‗indisiga teng.
Baholash turlarini o„tkazish muddati
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar-tematik rejaga muvofiq o‗quv-uslubiy
bo‗lim tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‗tkaziladi. YAkuniy
nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‗tkaziladi.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to‗plagan va uzrli sabablarga
ko‗ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu
nazorat turigacha, so‗nggi joriy va oraliq nazoratlar
uchun yakuniy nazoratgacha
bo‗lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy,
oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan
talabalarga fakultet dekani
farmoyishi asosida, o‗qishni boshlaganidan so‗ng ikki hafta muddatda topshirishga
ruxsat beriladi.
Semestr yakunida fan bo‗yicha joriy, oraliq yoki yakuniy
nazorat turlarini har biri
bo‗yicha saralash balidan kam ball to‗plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‗zlashtirish uchun
bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida fanni o‗zlashtira
olmagan talaba
fakultet dekani tavsiyasiga ko‗ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‗i bilan
talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‗lsa, fan bo‗yicha nazorat turi natijalari e‘lon
qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga
ariza bilan murojaat
etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‗ra rektor
buyrug‗i bilan 3 (uch) a‘zodan kam bo‗lmagan tarkibda
apellyasiya komissiyasi
tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‗rib chiqib, shu kunning o‗zida
xulosasini bildiradi.
Baholashning o‗rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‗tkazilishi hamda
rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‗quv bo‗limi hamda ichki nazorat
va monitoring bo‗limi tomonidan nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: