54
unda aloxida guruhlar - xujayralar federasiyasi bo‗lib, uzi mustaqil yashash
imkoniyatiga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Alohida a‘zolarni
umumiy bir butun
organizmdan ajratib qarash metafizik qarashdir. U xujayra guruhlarini mustaqil
yashash imkoniyatiga ega deyish - vitalizmdir.
Dialektika nuqtai nazaridan,
organizm alohida qismlar, tuqimalar, a‘zo va
tuqima elementlaridan tashkil topgan. Ana shu qismlarning bir-biriga uzviy
bog‗lanishi natijasida bir butunga aylangan tuzilma bo‗lib, u beto‗xtov o‗zgarib
turadi. Organizm uzi yashaydigan sharoitga moslashgan
va shu sharoitsiz yashay
olmaydi.
Organizmning barcha a‘zolari bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq bo‗ladi, ya‘ni
tomirlarda oqayotgan qon, limfa suYuqliklari yordamida gumoral yo‗l bilan
bog‗lanadi, markaziy nerv sistemasi organizmni idora etib turadi, bularning hammasi
organizmning bir butunligini ta‘minlaydi.
Demak,
odam organizmi tuqimalardan, a‘zolardan, sistemalardan tarkib
topgan, ular o‗zaro birlashib, bir butun organizmni hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: