Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Pariyetal joylashgan venalar:
I. O‘ n g v a ch a p b e l v e n a l a r i (vv. lumbales dextrae et sinistrae) har 
tomonda to‘rttadan bo‘lib, qorin bo‘shlig‗i devoridagi vena qonlarini qabul qilib oladi 


469 
va umurtqa vena chigali – v. lumbales ascendens (belning ko‘tariluvchi venasi) bilan 
qo‘shiladi. 
II. D i a f r a g m a n i n g p a s t k i v e n a l a r i (vv. phrenicae inferiores) pastki 
Yuzasidan boshlanib, v. cava inferior ga qo‘shiladi. 
Visseral joylashgan venalar:
I. M o y a k v e n a l a r i (vv. testiculares) moyaklardan, ayollarda (vv. ovaricae) 
tuxumdonlardan boshlanib, shu nomli arteriyani o‘rab, vena chigalini hosil qiladi. 
O‘ng moyak venasi pastki kavak venaga quyilsa, chap moyak venasi Yuqoriga 
ko‘tarilib, buyrak venasiga qo‘shiladi. Bu holat qon oqishini qiyinlashtirib, moyak 
venasining kengayishi (shishishi)ga sabab bo‘ladi. 
II. B u y r a k v e n a l a r i (v. renalis dextra et sinistra) shu nomli arteriyalarning 
old tomonida v.cava inferior ga qo‘shiladi. Chap tomondagi buyrak venasi uzunroq 
bo‘lib, aortaning old tomonidan o‘tib, pastki kavak venaga quyiladi. 
III. B u y r a k u s t i b e z i v e n a s i (v. suprarenalis dextra et sinistra) buyrak 
usti bezidan boshlanib, o‘ng tomonda pastki kavak venaga quyilsa, chap tomonda 
buyrak venasiga qo‘shiladi. 
IV. J i g a r v e n a l a r i (vv. hepaticae) jigar bag‗ridagi vena qonlari 
vv.hepaticae orqali pastki kavak venaga quyiladi.
 
 
QOPQA VENA SISTEMASI
Jigar qopqa venasi (v. portae) qorin bo‘shlig‗idagi hamma toq a‘zolar (jigardan 
tashqari) venalarining yig‗indisidan hosil bo‘ladi. Jumladan, ichaktutqichning Yuqori 
(v. mesenterica superior) va pastki (v.mesenterica inferior) venalari taloq (v. lienalis) 
venalarining bir-biri bilan me‘da osti bezi boshining orqa tomonida qo‘shilishidan 
paydo bo‘ladi. So‘ngra bu vena Yuqoriga ko‘tarilib, qorin pardasidan hosil bo‘lgan 
jigar, o‘n ikki barmoq ichak boylami orasiga kirib, jigar arteriyasi va umumiy o‘t 
yo‘li bilan birga joylashadi. Jigar darvozasiga borganda qopqa vena ikkita shoxga 
bo‘linadi. Bular jigarning o‘ng va chap bo‘laklari parenximasiga kirib, xuddi 
arteriyalar kabi bo‘laklararo (vv. interlobularis) tomirlarga bo‘linadi. Bu venalar 
hujayralararo sinusoid kapillarlar orqali qondagi organizm uchun zararli bo‘lgan 
moddalar jigar hujayralarida tozalangandan so‘ng, markaziy vena (v. centralis)ga 
o‘tadi. Markaziy venalar pirovardida 3–4 ta jigar venalari (vv.hepatici) ni hosil qiladi 
va pastki kavak venaga quyiladi.
Qopqa venani hosil qilishda qatnashgan venalar quyidagicha hosil bo‘ladi: 
1. I ch a k t u t q i ch n i n g y u q o r i v e n a s i (v.mesenterica superior) qorin 
bo‘shig‗idagi toq a‘zolar, ya‘ni och ichak (vv. jejunales), Yonbosh ichak (v. iliales) 
va yo‘g‗on ichakning o‘ng yarmi, ko‘richak, ko‘tariluvchi chambar ichak, ko‘ndalang 
chambar ichakning o‘ng yarmi (v. colica dextra, v. colica media), me‘da (v. 
gastroepiploica dextra), o‘n ikki barmoq ichak (v. duodenalis) va me‘da osti bezi (vv. 
pancreaticae) dan qon olib keluvchi venalardan tuzilib, nihoyat, qopqa venani hosil 
qilishda qatnashadi. 


470 
Qopqa vena sistemasi. 
1 – V.cava inferior; 2 – Vv.hepaticae; 3 – Hepar; 4 – Jigar vena kapillarlari; 5 – Ramus dexter 
v.portae; 6 – V.portae; 7 – V.gastroepiploica dextra; 8 – V.pancreaduodenalis; 9 – Duodenum; 10 – 
Pancreas; 11 – V.colica media bilan v.colica dextra ning anastomozi; 12 – V.pancreaticoduodenalis; 
13 – V.colica media; 14 – V. renalis dextra; 15 – V.mesenterica inferior; 16 – V. mesenterica 
superior; 17 – Ren dexter; 18 – Colon ascendens; 19 – V.colica dextra; 20 – V. cava inferior; 21 – 
Vv.jejunales et ilei; 22 – V. iliocolica; 23 – V.iliaca communis dextra; 24 – lleum; 25 – 
V.appendicularis; 26 – Caecum; 27 – Appendix vermiformis; 28 – Vv.rectales mediae; 29 – 
Rectum; 30 – Pexus venosus rectalis; 31 – Vv.rectales inferiores; 32 – Vv.rectales mediae; 33 – 
V.iliaca interna; 34 – V.iliaca externa; 35 – Colon sigmoideum; 36 – V.rectalis superior; 37 – 
Vv.sigmoideae; 38 – V.colica sinistra bilan v.sigmoidea anastomozi; 39 – Intestinum tenue; 40 – 
Colon descendens; 41 – V.mesenterica inferior; 42 – V.colica sinistra; 43 – Jejunum; 44 – V.colica 
media bilan v. colica sinistra anastomozi; 45 – V.renalis sinistra; 46 – Ren sinister; 47 – 
Vv.omentales; 48 – V.gastroepiploica sinistra; 49 – Vv.gastricae; 50 – V.lienalis; 51 – Vv.gastricae 
breves; 52 – Lien; 53 – V.gastrica sinistra bilan v.gastrica dextra anastomozi; 54 – Ventriculus; 55 – 
V.gastrica dextra; 56 – V.gastrica sinistra; 57 – Ramus sinister v.portae; 58 – Vv.esophageae; 59 – 
Esophagus. 
2. I ch a k t u t q i ch n i n g p a s t k i v e n a s i (v. mesenterica inferior) yo‘g‗on 
ichakning chap yarmi, ko‘ndalang chambar ichakning chap yarmi, pastga tushuvchi 
chambar ichak (v. colica sinistra), sigmasimon ichak (v. sigmoideae) va to‘g‗ri 
ichakning Yuqori qismidagi vena chigali (plexus venosus rectalis)dan boruvchi 
venalar yig‗indisidan hosil bo‘ladi va Yuqoriga ko‘tarilib, u ham qopqa venani hosil 
qilishda qatnashadi. 
3. T a l o q v e n a s i (v. lienalis) taloqdan, qisman me‘da (vv. gastricae breves), 
me‘da osti bezi (vv. pancreaticae), katta charvi (v. gastroepiploica sinistra), o‘n ikki 
barmoq ichakdan qon yig‗ib, ichak tutqichning Yuqori venasi bilan qo‘shiladi va 
qopqa venani hosil qilishda qatnashadi. 
4. Qopqa venaga vv. paraumbilicales, vv. gastrica dextra et sinistra lar ham 
qo‘shiladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin