413
diafragmaning paydan tuzilgan markaziga tegib turadi. Bundan tashqari, Yurakning
Yuqoriga qaragan serbar qismi asosi (basis cordis) va pastga, chapga qaragan
Yumaloqroq uchi (apex cordis) bor. Yurak, asosan, basis cordis dan boshlanadigan
yirik arteriya va vena qon tomirlariga osilgan holatda ishlab turadi (164).
Yurak (old Yuzasi). 1 – Perikardning epikardga o‘tish joyi; 2 – V. cava superior; 3 – Aorta
ascendens; 4 – Auricula dextra; 5 – Sulcus coronarius; 6 – Ventriculus dexter; 7 – Incisura apicis
cordis; 8 – Apex cordis; 9 – Ventriculus sinister; 10 – Sulcus interventricularis anterior; 11 – Conus
arteriosus; 12 – Aorta descendens; 13 – Auricula sinistra; 14 – Truncus pulmonalis; 15 – A.
pulmonalis dextra; 16 – Isthmus aortae; 17 – Arcus aortae; 18 – A. carotis communis sinistra; 19 –
A. subclavia sinistra; 20 – Truncus brachiocephalicus.
Yurakning tashqi Yuzasida bo‘lmachalar bilan qorinchalar o‘rtasidagi chegaraga
to‘g‗ri keladigan va Yurakni hamma tomondan o‘rab turgan ko‘ndalang egat – sulcus
coronarius va qorinchalarni bir-biridan ajratib turadigan devorlariga to‘g‗ri keladigan,
uzunasiga joylashgan oldingi egat – sulcus interventricularis anterior, shuningdek,
orqa tomondagi uzunasiga ketgan egat – sulcus interventricularis posterior bor.
Oldingi va orqa tomonda uzunasiga joylashgan egatlar Yurak uchining o‘ng
tomonida o‘zaro tutashib, Yurak o‘ymasi (incisura apicis cordis)ni hosil qiladi.
Yurakning hamma egatlari Yurakni oziqlantiruvchi tomirlar va yog‗ kletchatkalari
bilan to‘lib turadi. Shuning uchun Yurakda qon tomirlar uncha yaxshi ko‘rinmaydi.
O‘ng va chap Yurak bo‘lmachalari – atrium dextrum et sinistrum bir-biriga nisbatan
o‘rtada joylashgan bo‘lmachalararo devor (septum interatriale) bilan, o‘ng qorincha –
ventriculus dexter, chap qorincha – ventriculus sinister, qorinchalararo devor (septum
interventriculare) bilan ajralib turadi. Lekin o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha va
chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘zaro ostium atrioventriculare dextrum et
sinistrum (Yurak bo‘lmachalari va qorinchalari o‘rtasidagi teshiklar) vositasida
tutashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, to‘rt bo‘lakli Yurakning o‘zaro bir-biriga tutashib turgan ikki
qismi tafovut qilinadi. Shu jumladan, o‘ng bo‘lmacha bilan qorincha o‘zaro ostium
atrioventriculare dextrum vositasida qo‘shilgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda chap
bo‘lmacha bilan chap qorincha bir-biriga ostium atrioventriculare sinistrum
vositasida tutashadi.
Dostları ilə paylaş: