415
O‟ng bo‟lmacha
– atrium dextrum. Yurakning o‘ng bo‘lmachasida (devorning
qalinligi 2–3 mm) kubsimon bo‘shliq bo‘lib, chap bo‘lmachadan septum interatriale
(bo‘lmacha to‘sig‗i) bilan ajralib turadi. O‘ng bo‘lmacha bo‘shlig‗ining hajmi uning
oldida joylashgan uchburchak shaklidagi o‘ng qulog‗i – auricula dextra bo‘shlig‗i
bilan ancha kattalashadi. Bo‘lmachaning ichki sirti, asosan, silliq bo‘lib, quloq
qismida muskul tutamlari bir xil joylashgan taroqsimon muskullar (musculus
pectinati)ni hosil qiladi.
1
O‘ng bo‘lmachaga Yuqori kavak vena – vena cava superior, pastki kavak vena –
vena cava inferior quyiladi. Ana shu ikkala kavak vena quyiladigan teshiklar orasida
(bo‘lmachaning ichki sirtida) bitta do‘ng – tuberculum intervenosum bor. Pastki
kavak venaning pastki qirrasida ingichka burma – valvula venae cavae inferioris
bo‘lib, septum interatriale tomonga yo‘nalib joylashgan. Ana shu burma embrionning
rivojlanish davrida vena qonini o‘ng bo‘lmachadan oraliq devorda joylashgan
ovalsimon teshik orqali chap bo‘lmachaga, so‘ngra esa ostium atrioventriculare
sinistrum orqali chap qorinchaga o‘tish vazifasini bajaradi.
O‘ng bo‘lmachaga kavak venalardan tashqari, Yurakning o‘ziga xos vena
qonini yig‗adigan sinus – sinus coronarius cordis va birmuncha mayda vena
teshikchalari – foramina venosum minimarum (thebesii) ochiladi. Sinus coronarius
cordis ning bo‘lmachaga ochiladigan joyida endokarddan hosil bo‘lgan valvula sinus
coronarii (thebesii)ni deyarli hamma vaqt ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: