473
QOPQA VENA SISTEMASI
O‟RTASIDAGI ANASTOMOZLAR
Yuqori kavak vena sistemasi bilan pastki kavak vena sistemasi o‘rtasida kavak-
kavak vena anastomozlari va kavak vena sistemasi bilan qopqa vena sistemasi
o‘rtasida kavak-qopqa anastomozlarini ko‘rish mumkin.
Bu xildagi anastomozlarga
quyidagilar kiradi:
1. Kavak-kavak vena anastomozi bel venalari, pastki
kavak vena sistemasining
toq (v. azygos) va yarim toq (v. hemiazygos) venalar orqali Yuqori kavak vena
sistemasiga qo‘shilishidan paydo bo‘ladi.
2. Kavak-kavak vena anastomozi qorin old devori
venalari orqali ham hosil
bo‘ladi. U qorin usti Yuqori venasi (vv. epigastricae superior) – Yuqori kavak vena
sistemasi bilan qorin usti pastki venasi (v. epigastricae inferiores) – pastki kavak vena
sistemasining kindik atrofida bir-biri bilan qo‘shilishidan vujudga keladi.
1. Kavak-kavak vena anastomozi qorin old devori venalari orqali 2. Qopqa-kavak anastomozi
v. gastricae sinistrae,vv. esophageae) Yuqori kavak vena sistemasi bilan vv. azygos et hemiazygos
orqali 3. vv. rectale superiores ichaktutqichning pastki venasi v. portae ga quyilsa, to‘g‗ri ichakning
o‘rta venasi (vv. rectales mediae) pastki kavak vena sistemasi bilan o‘zaro qo‘shilishidan qopqa-
kavak anastomozini hosil qiladi.
3. Qopqa-kavak vena anastomozi kindik atrofidagi vena chigallarining (ikkinchi
punktdagi kavak vena anastomoziga qaralsin) jigardagi
Yumaloq boylam atrofida
paraumbilicales ning qopqa venaga qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
4. Qopqa-kavak anastomozi me‘da chap venalarining (v. gastricae sinistrae)
qizilo‘ngach venalari (vv. esophageae)ga (Yuqori kavak vena sistemasi)
qo‘shilishidan vujudga keladi, jumladan v.gastricae
sinistrae qopqa venaga quyilsa,
qizilo‘ngach venalari vv. azygus et hemyasygus orqali v. cava superior ga qo‘shiladi.
5. Qopqa-kavak anastomozi to‘g‗ri ichakning Yuqori venasi (vv. rectale
superiores) ichaktutqichning pastki venasi (v. mesenterica inferior)
orqali qopqa
venaga (v. portae) quyilsa, to‘g‗ri ichakning o‘rta venasi (vv. rectales mediae) pastki
kavak vena sistemasi bilan o‘zaro qo‘shilishidan qopqa-kavak anastomozini hosil
qiladi.
Bu xildagi anastomozlar kavak vena sistemalari
yoki qopqa venadan qon
aylanishi qiyinlashgan (dimlanib qolgan) paytda Yonlama (kollateral) vena qon
aylanishini ta‘minlaydi.