Mavzu:Arterial bosimni aniqlashning fizik asoslari Fizik parameter qon bosimi — juda ko‘p kasalliklar diag-nostikasida katta rol o‘ynaydi.
Arteriyalaming birortasidagi sistolik va diastolik bosimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri manometrga ulangan igna yordamida oMchanishi mumkin. Lekin tibbiyotda N. S.Korotkov taklif etgan qonsiz usuldan keng miqyosda foydalaniladi. Bu usulning fizik asoslarini yelka arteriyasidagi qon bosimini o‘lchash misolida ко‘ray lik.
Yelka bilan tirsak orasiga manjeta o‘raladi. Qo‘lga o'ralgan manjetaning M, qo‘lning bir qismi Q, yelka suyagi Esva yelka arteriyasi A ning kesimlari 3.11-a — 3.13-a rasmda ko‘rsatilgan. H shlang orqali manjetaga havo yuborilganda manjeta qo‘lni siqadi. So'ngra shu shlang orqali havo sekin-asta chiqarila boshlaydi va В manometr yordamida manjetadagi bosim o‘lchanadi. Boshida atmosfera bosimiga nisbatan manjetadagi havoning bosimi nolga teng (3.11-rasm), manjeta qo‘lni va arteriyani siqadi. Manjetaga ma’lum bir o‘lchovda havo damlangani sari manjeta yelka arteriyasini siqa boshlaydi va qonning oqishi to‘xtaydi (3.11-3.12-rasmlar).
Agar muskullar bo‘shashtirilgan bo‘lsa, elastik devorlardan iborat bo‘lgan manjeta ichidagi bosim taxminan manjetaga tegib
yumshoq to‘qimalardagi bosimga teng bo‘ladi. Bosimni qonsiz usulda oichashning asosiy fizik g‘oyasi mana shundan iboratdir.
Havoni asta-sekin chiqarib, manjetadagi va unga tegib turgan yumshoq to‘qimalardagi bosim kamaytirib boriladi. Qachonki bosim sistolik bosimga teng bo1Isa, qon qattiq siqilgan arteriya orqali otilib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bunda turbulent oqim yuzaga keladi (3.13-rasm).
Vrach bosimni о lchashda fonedoskopni arteriya ustiga manjetadan chetroqqa (ya’ni yurakdan ancha uzoqroq joyga) qo‘yib, turbulent oqimga taalluqli bo‘lgan va u bilan birgalikda yuzaga kelgan ton va shovqinlami* eshitib ko‘radi. Manjetadagi bosimni kamaytira borib, laminar oqimni tiklash mumkin, buni eshitib ko‘ri-layotgan tonlaming birdaniga pasayib ketishidan bilish mumkin. Arterida laminar oqimning tiklanishiga mos keluvchi manjetadagi bosim diastolik bosim kabi qayd etiladi. Arterial bosimni o‘lchashda 3.14-rasmda ko‘rsatilgan asboblardan foydalaniladi: a — simobli manometri boigan sfigmomanometr, b — metall membranali ma-nometri bo£lgan sfigmomanometr; bu yerda 1-manjeta, 2- mano meter, 3-vint, 4-manjetaga havoni haydovchi rezina nok.
Qon oqimi tezligini aniqlashning bir necha usuli mavjud bo‘lib, shulardan ikki turining fizik asoslarini ko‘rib o‘taylik.