Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash ishi fakulteti


Ultratovush usuli (ultratovushli rasxodometriya)



Yüklə 102,46 Kb.
səhifə2/7
tarix07.05.2023
ölçüsü102,46 Kb.
#109196
1   2   3   4   5   6   7
NODIRBEK MUSTAQIL ISH 2

Ultratovush usuli (ultratovushli rasxodometriya). Bu usul Dopier effektiga asoslangan. Ultratovush (U T) chastotali elektr
tebranishlari signali 1 generatordan (3.15-rasm), UT ning 2 nurlatkichiga chastotani tenglashtiruvchi 3 qurilmaga uzatiladi. 4 UT to‘lqini 5 qon tomirlariga o‘tadi va harakatlanuvchi 6 eritrotsitlardan qaytadi. Qaytgan 7 UT to‘lqini 8 priyommkka uzatiladi. Bunda u elektr tebranishlariga aylaiitiriladi va kuchaytiriladi. Kuchaytirilgan elektr tebranishlari 3 qurilmaga tushadi. Bu erda tushuvchi va qaytgan to‘lqinlar, tebranishlari mos holda tenglashtiriladi va Dopleming chastotalar bo‘yicha siljishi elektr tebranishlari ko‘rinishida ajralib chiqadi:
Katta qon tomirlarida eritrotsitlarning tezligi ulaming o‘qqa nisbatan joylashishlari ga qarab turlicha bo‘ladi: “ O’q yaqinidagi eritrotsitlar katta tezlik bilan “devor yaqinidagi” lari esa kichik tezlik bilan harakatlanadi. UT toUqinlari turli xil eritrotsitlardan qaytishi mumkin, shu sababli Dopleming siljishi bitta chastota ko‘rmishida bo‘lmay, biror chastotalar oralig‘ida bo'ladi. Shunday qilib, Dopier effekti qon oqimining faqat o‘rtacha tezligini emas, balki qonning turli xil qatlamlari tezligini ham aniqlashga imkon beradi.
Elektromagnit usul (elektromagnit rasxodometriya). Qon oqishi tezligini aniqlashning bu usuli harakat]anuvchi zarrachalar-ning magnit maydonida og'ishiga asoslangan. Masala shundan iborat-ki, qon elektr jihatdan neytral sistema bo‘lsa-da, musbat va manfiy ionlardan tashkil topgan. Shunday ekan, harakatlanayotgan qon zaryadli zarrachalar oqimi bo‘lib, uqon tezlik bilan harakatlanadi, Harakatlanayotgan q elektr zaryadiga induksiyasi В bo‘lgan magnit maydonida
kuch ta’sir qiladi. Agar zaryad manfiy bo‘Isa, u holda kuch vektorlar ko‘paytmasi vqon x в ga teskari yo'nalgan.
Magnit m aydoni tomonidan turli xil ishorali zaryadga ta’sir etuvchi kuchlar 3.16-rasmda ko‘rsatilganidek, qarama-qarshi yo‘-nalgan. Qon tomiri devorining bir tomoni yaqinida ortiqcha musbat zaryad, ikkinchi tomoni yaqinida esa manfiy zaryadlar ko‘proq
to‘planadi. Zaryadlaming tomir ko‘ndalang kesimi bo‘yiab bunday taqsimlanishi elektr maydonini yuzaga keltiradi. Bunday fizik hodisa Xoll effekti deb aytiladi.
Ux kuchlanish (Xoll kuchlanishi) ionlar harakatining tezligiga, ya’ni qonning tezligiga bog‘liq. Shunday qilib, Ux kuchlanishni 0 ‘lchash bilan qonning tezligini ham aniqlash mumkin ekan. Qon tomiri ko‘ndalang kesimi S ni bilgan holda, qon oqishi hajmiy tezligini (m3/s) hisoblash mumkin:
Ushbu usulda o‘zgaruvchan magnit maydonini qo'llash amaliy jihatdan qulaydir (3.17-rasm). Bu o‘zgaruvchan xol Ux kuchlani-shini yuzaga keltiradi, so‘ngra u kuchaytiriladi va o‘lchanadi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qon bosimini oʻlchash tibbiyot xodimi uchun muhimdir. U quyidagi hollarda, ayniqsa, foydalidir:

  • Homilador ayollar.

  • Onalar tugʻruqdan oldin va keyin.

  • Koʻp qon yoʻqotayotgani(tashqi yoki ichki qon ketish hollari).

  • Shok yoki allergik shok holatidagi odamlar.

  • 40 yoshdan oshgan odamlar.

  • Semiz odamlar.

  • Yurak muammolari, insult, nafas olishga qiynalyotgan, tez-tez boshi ogʻriydigan, shishgan, qand kasali, siydik yoʻllarining surunkali kasalliklari, shishgan yoki ogʻriqli venalari bor odamlar.

  • Yuqori qon bosimi bor odamlar.

  • Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalarni ichayotgan (yoki ichishni rejalashtirayotgan) ayollar.

Qon bosimini pastlab ketishi ham, yuqorilab ketishi ham xavfli belgi hisoblanadi.
Arterial qon bosimini oʻlchash
Arterial qon bosimini oʻlchash yurak tomirlar va nafas tizimi kasalliklarida qoʻllaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi. Sogʻlom, katta yoshli odamlarda arterial bosim qator sabablarga, ayniqsa yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlari va shunga oʻxshaganlarga koʻra oʻzgarib turadi. Sistolik bosim 120dan 140mmgacha, diastolik bosim esa 70-90mmgacha simob ustuni atrofida oʻzgarib turadi. Ertalab arterial bosim 5-10mm simob ustuniga past boʻladi.
Qon bosimini oʻlchovchi 2 xil asbob mavjud:
1)Koʻrsatkichli qon bosimini oʻlchaydigan asbob(manometr).
2)Simobli qon bosimini oʻchaydigan asbob(sfigmomanometr).
Qon bosimini oʻlchash ketma-ketligi

  • Odam oʻzini xotirjam tutishi kerak. Yaqinda qilingan mashqlar, achchiqlanish yoki xavotirlanish qon bosimining ortishiga va notoʻgʻri maʻlumot olinishiga olib keladi. Odamning xavotirlanmasligi va qoʻrqmasligi uchun shifokor unga nima qilmoqchi ekanligini tushuntirish kerak.

  • Odam qoʻlining yuqori qismiga asbobning yengini oʻrnatish lozim.

  • Rezinali balonchaning burchagini berkitish kerak.

  • Bosimni simob ustunining 200mmdan ortadigan qilib koʻtaradi.

  • Fonendoskop tirsakning ichki tarafiga qoʻyiladi.

  • Havoni asta-sekin qoʻyib yuborib, qon tomirining urishini diqqat bilan eshitish lozim. Asbobning koʻrsatkichi (yoki simob darajasi)asta tusha boshlaganda yuqori va pastdagi oʻlchamlarga eʻtibor qaratiladi.

Yüklə 102,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin