Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va X d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə3/6
tarix25.12.2016
ölçüsü0,97 Mb.
#3312
1   2   3   4   5   6
5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Vertikal integraciya: Gorizontal integraciya:

Anatomiya Patologik anatomiya

Fiziologija Patologik fiziologiya

Gistologiya
Umumiy qon analizi o’pka, yurak-qon tomir, xazm, ayirish va boshqa sistema kasalliklarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari talaba qon analizini to’g’ri taxlil qila olishi nafaqat terapiya nefrologiya, gematologiya kasalliklarida, balki genekologik va xirurgik kasalliklarda tashxis qo’yishda muxim ahamiyatga ega.

Gemoglabin o’pkada havo tarkibidagi kislarod bilan birikib oksi gemoglabin hosil qiladiva to’qimalarga borib gemoglabinga va kislarotga ajraladi. Gemoglabin to’qima hujayralarga kislarodni berib to’qima hujayralaridan karbonat angidrid gazini briktirib olib o’pkada ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo’ladi. Eritrositlarning soni yoki gemoglabin miqdorini kamayishi kam qonlik hisoblanadi. Bu esa bolalarning yoshlik vaqtida noto’g’ri ovqatlanishi ovqatni sifat tarkibiga etiborsizlik ochiq havodan yaxshi foydalanmaslik oqibatida darmonsizlik tez charchab qolish va bosh aylanish kasalligiga olib keladi . bolalarda bunday kasallikga uchraganda temir moddasiga boy, vitaminlik va yuqori kaloriyalik ovqatlarni istemol qilish kerak(jigar, hayvon qonidan tayyyorlangan ovqatlar, olma, sabzi, qulupnay va boshqalar).

Eritrositlar cho’kish reaksiyasi. (POE). Agarda qonning ivishdan saqlab, shishadan yasalgan kopilyarda bir necha soatga qoldirsak, qon aralashmasidagi eritrasitlarni kapilyar trupkalar tubiga cho’kib qolganini ko’ramiz.

Eritrositlarni cho’kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, ayollarda, bolalarda turlicha bo’ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o’zgarishi mumkin.

Masalan: 3-9mm. erkaklarda, ayollarda 7-12mm. soatiga cho’kadi. Organizm holatining o’zgarishlarida eritrositlar cho’kish reaksiyasini o’zgarishi kuzatiladi.

Eritrositlarning ma’lum tezligida cho’kishdan foydalanib tibbiyotda kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni tibbiyotda POE deyiladi. Aniqlaydigan asbobni panchenko apparati deyiladi.

Organizm qattiq shamollaganda tuberkiloz kasalligida, xomilador ayollarda, yallig’lanish kasalligi boshlaganda va boshqa o’zgarishlarda eritrositlar cho’kish reaksiyasi tezligi ortadi.

Leykositlar oq qon tanachalari qoning yadroli xujayralari bo’lib aktiv harakatlarning xususiyatiga egadir. Ular har xil shaklda bo’lib, 1kub mm bolalar qonida 8000-11000 gacha bo’ladi, katta odamlarda normal holatda bo’ladi. Uning soni kun mobaynida o’zgarib turishi mumkin. Lekositlar 3 gruppa bo’ladi. 1) donador leykositlar 2)donasiz leykositlar 3) monositlar.

Donador leykositlar o’z navbatida 3 guruhga bo’linadi: neytrofilar eozanofillar va bazofillar.

Leykositlarning ko’rsatilgan miqdoridan ortib ketishi lekositoz deb atalsa miqdordan kamayib ketishi lekopinya deyiladi.

Lekasitlar organizm ichki muhutining posboni hisobl;anadi chunki lekositlar qonga va limfaga tushgan mikroblarni viruslarni organizm ichiga kirishi qatttiq kurashadi. Organizmga tushgan moddalarni neytrallash xususiyatiga ham egadir.

Trombositlar -qon plastinkari, qonning shalkli elemenlar orasida eng maydasidir. Ular komikda hosil bo’ladi. 1mm3 300000 dan 400000 qon plastinkalari bo’ladi uning soni ham yoshga qarab o’zga boradi. Trabbasitlar qonning ivishida muhim rol o’ynaydi. Qon ivishi organizm uchun biologik ahamiyatga ega bo’lib jarohatlanganda qon yo’qotishdan saqlanadi.

Yurak organizmda nasos funksiyasini bajaradi. Yurak va qon aylanish sistemasiga yurak, arteriyalar venalar kapilyar kiradi. Yurakdan qon olib ketuvchi tomirlar arteriyalar yurakga qon olib keluvchi qon tomirlar vena qon tomirlar deyiladi. Qon qon tomirlarida harakatlanar ekan murrakkab yo’lni katta va kichik qon aylanish doiralarini bosib o’tadi.

Katta qon aylanish doirasi yurakning chop qorinchasidan boshlanib butun tanani qon bilan taminlab, yurakning o’ng bo’machasiga venoz qon sifatida qo’llanadi.

Kichik qon aylanish doirasi yurakning o’n qorinchasidan o’pka arteriyasi bilan boshlanib o’pkaga boradi, tarmqlanib o’pka hujayralari bilan gaz almashinib yurakning chap bo’machasiga quyiladi.

Sog’lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan biologik modda-antigemofil omil yetarli bo’lmaydi. Bu kasallik gemofiliya deb atalib, u nasldan-naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o’tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko’p qon yo’qotish mumkin. Bundan tashqari, trombositlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida kaltsiy (Ca) ionlari,  kaliy (K) vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.

Eritrositlar (qizil qon tanachalari) - suyaklarning ko’mik qismida hosil bo’ladi. Eritrositlarning hosil bo’lishi va soni normal miqdorda bo’lishi odamning sog’lig’iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog’liq.

Leykositlar  (oq qon tanachalari) - yadroli qon hujayralari bo’lib, yadrosining shakliga va bo’yalishiga qarab uch turga: monositlar-bir yadroli yirik leykositlar limfositlar-bir yadroli, lekin monositlardan bir oz maydaroq; donador leykositlar, ya’ni granulositlarga bo’linadi. Leykositlar sonining ko’payishi leykositoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykositlar suyaklarning ko’mik qismida va taloqda (limfositlar) hosil bo’ladi. Leykositlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagositoz deb ataladi. Leykositlarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I. Mechnikov aniqlagan.  Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykositlarning soni ko’payib, 1mm3 qonda 10-20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og’ir mehnatdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykositlar soni kamayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat beradi.

Trombositlar (qon plastinkalari) - suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bo’lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombositlarning yadrosi bo’ladi. 1mm3 qonda 300-400 ming dona trombosit bo’ladi. Ular leykositlarga o’xshab 2-5 kun yashaydi.






Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin